Raximova Miyassar Rajapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda ekologik-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1154.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdurashid Majidovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Ruziev Oybek Abdumuminovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa raqobatbardoshligini oshirishda ekologik-iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ekologik-iqtisodiy uyg‘unlashtirish negizida hudud raqobatbardoshligini oshirishning indikator parametrlari aniklangan;
mintaqa raqobatbardoshligini oshirish institusional ekologik-iqtisodiy mexanizmi sifatida turistik-rekreatsion majmuani klaster tizimini shakllantirish va yalpi hududiy mahsulot o‘sish dinamikasi tahlili asosida Kuznes ekologik modeli tuzilgan;
Orol bo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish dasturi doirasida “Smart ekologik markaz”ining ekologik elektron platformasi ishlab chiqilib, vertikal-integrallashgan tuzilmalarni shakllantirish asosida klaster tizimi ishlab chiqilgan;
Xorazm viloyati yalpi hududiy mahsulotini rivojlanish darajasini ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqa raqobatbardoshligini oshirish ekologik-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida mintaqa raqobatbardoshligi kategoriyasiga ekologik-iqtisodiy omillarni ta’siri asosidagi takomillashgan mualliflik taklifini amaliyotga joriy etish natijasida BMT Bosh Assambleyasining 75 sessiyasida tasdiqlangan Orol bo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududiga aylantirish dasturi doirasida viloyatda mahalla fuqarolar yig‘ini qoshida "SMART (aqlli) ekologik markazlar" va ularni elektron axborot bazasini yaratish tashkiliy tizimi yaratilgan. Shu asosda ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 27 avgust 02-28/1644-son hamda Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 23 avgustdagi 4-4060-son ma’lumotnomalari). Natijada hududda tabiiy ekologik muvozanatni tiklash, aqlli blokcheyn texnologiyalarini qo‘llash hisobiga mintaqa raqobatbardoshligini oshirish, yalpi hududiy mahsulot o‘sish sur’atlarini 3-5 foizga ko‘paytirishga erishilgan.
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mavjud ekologik-iqtisodiy mexanizmlari chuqur tahlil qilingan holda taklif etilgan yangi mexanizmlarni amaliyotga to‘laqonli joriy etilishi natijasida hudud raqobatbardoshligini oshirish ekologik omillari aniqlangan va baholangan. Shu asosda ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 27 avgust 02-28/1644-son hamda Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 23 avgustdagi 4-4060-son ma’lumotnomalari). Natijada ichki va tashqi bozorda mintaqa iqtisodiyoti samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
Xorazm viloyatida mintaqa raqobatbardoshligini oshirish institusional ekologik-iqtisodiy mexanizmi sifatida turistik-rekreatsion majmuani klaster tizimini shakllantirish ekanligi asoslangan. Shu asosda ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 27 avgust 02-28/1644-son hamda Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 23 avgustdagi 4-4060-son ma’lumotnomalari). Viloyatning yalpi hududiy mahsuloti o‘sish dinamikasi tahlil qilinib, Kuznes ekologik modeli tuzilgan va shu asosda xizmatlar sohasini YaHM dagi ulushi 5-7 foizga oshishi hamda turizm hizmatlari eksporti yuksalishi prognoz qilingan;
ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlar asosida mintaqa raqobatbardoshligini baholash indikatorlari aniqlangan va ularni ekologik-iqtisodiy jihatlari asoslangan. Shu asosda ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 27 avgust 02-28/1644-son hamda Xorazm viloyati hokimligining 2021 yil 23 avgustdagi 4-4060-son ma’lumotnomalari). Mintaqada ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan investisiya loyihalarini ishlab chiqish va samarali ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish yuzasidan takliflar asosida 2,5 mlrd. so‘mlik loyihalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish