Onarkulov Maqsadjon Karimberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kinetik jarayonlarni matematik modellashtirish bilan tenzosezgir (Bi Sb)2Te3 yupqa pardalarni olish texnologiyasini boshqarish”, 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM484
Ilmiy maslahatchi: Daliev Xojakbar Sultanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.01.12
Rasmiy opponentlar: Raxmatov Axmad Zayniddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Zikrillaev Nurulla Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Vismut va sur`ma xal`kogenidlari asosida yuqori samarali polikristalli yupqa parda elementlarini olish texnologiyasini nazorat qilish maqsadida kinetik jarayonlarning matematik modelini ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Bi2-xSbxTe3 asosida yuqori sezgir polikristalli yupqa parda elementlarini olish fiziko-kimyoviy jihatlari va texnologiyasini ishlab chiqilgan;
Bi2-xSbxTe3 asosida tenzosezgir yupqa pardalar olishning optimal holatlari aniqlangan.
maksimal tenzosezgirlik koeffisienti Tp = 900S va W=200 Å/s da kuzatilgan. Tp va W ortishi bilan yupqa pardalarning muayyan solishtirma qarshiligi kamayishi aniqlangan;
havoda yupqa pardalarni optimal muvozanatlashtiriladigan qizdirish vaqti 6-8 soat ekanligi aniqlangan,  bu esa 125 0C haroratda shunday qizdirish  uchun tellur bug‘ida sarflanadigan vaqtdan 4 soat kam ekanligi aniqlangan;
tenzo ko‘rsatkich sifatida yupqa parda strukturalarini qo‘llash orqali Bi2-xSbxTe3 asosida  past haroratlarda (20÷40 0S) yupqa parda hajmining o‘zgarishini qayd qilish uchun yangi usul ishlab chiqilgan;
Bi2-xSbxTe3 polikristalli yupqa pardalarning hosil bo‘lish mexanizmi belgilangan va 50-150 0S taglik harorati  100Å dan 500Å gacha oshishi bilan yupqa pardalardagi kristallitlarning o‘rtacha kattaligi ortib borishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bi2-xSbxTe3 birikmasi asosida yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan  polikristall yupqa pardalarni olish texnologiyasining individual va umumlashtirilgan empirik qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Bi2-xSbxTe3 asosidagi polikristall yupqa pardalar tarkibi va strukturasini shakllanishi mexanizmini o‘rganish natijalari va ular asosida zaryadlar ko‘chishi kinetik hodisalari xarakterini oydinlashtirish, ularni matematik modellashtirish va tajribaviy natijalar bilan taqqoslash ilmiy tadqiqot natijalari 2012-2016 yillarda Namangan davlat universitetida  bajarilgan F2-OT-O-15494  “Nurlatgichlar, fotoelementlar va boshqa optoelektron qurilmalar samaradorligini qutbiy, biqutbiy va kuchaytirish hodisalari asosida kvantli nuqtaviy getero va nanostrukturalarda kengaytirishni o‘rganish asosida oshirish” fundamental loyihada qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi № 89-03-3616 ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish optoelektron nurlatgichlarning samaradorligini oshirish imkonini bergan.
tenzosezgirlik koeffisienti va qarshilikning temperaturaviy koeffisientini o‘zgarishini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar natijalaridan Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi A.V.Rjanov nomidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutida Rossiya fundamental tadqiqotlar fondining №17-32-50161 «Yarim o‘tkazgich kvant o‘ralarida optik faollik va magnit indusirlangan fazoviy dispersiyani eksperimental tadqiqot qilish» mavzusidagi ishni bajarishda foydalanilgan (RFA SB Yarimo‘tkazgichlar fizikasi institutidan 01.10.2020 yildagi № 15307-26-2433 ma’lumotnoma). Ilmiy natijalardan foydalanish dissertatsiya ishida tavsiya qilingan texnologik jarayonni yarim o‘tkazgich strukturalardagi kinetik jarayonlarni matematik modellashtirish orqali boshqarish natijalari yuqori samarali polikristall sezgir elementlar olish va datchiklarini yaratish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish