Tosheva Iroda Isroilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda xorioamnionit rivojlanish xavfining klinik-immunologik omillari», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib.1474.
Ilmiy rahbarlar: Magzumova Nargiza Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Isenova Saule Shaykenovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarda xorioamnionit rivojlanishining klinik va immunologik xavf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari va boshqa sabablar qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarda xorioamnionit rivojlanishining xavf omillari bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor qog‘onoq suvining tug‘ruqdan oldin ketishi asorati kuzatilgan homilador ayollarda xoriamnionit rivojlanishi bilan bog‘liq yallig‘lanish oldi sitokinlar darajasining oshishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar miqdorining kamayganligi aniqlangan;
xorioamnionit rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarni taklif etilgan algoritmga muvofiq tekshirish isbotlangan;
xorioamnionit rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarni o‘z vaqtida antibiotiklar bilan davolash akusherlik va peritanal asoratlarning kamayishiga olib kelishi isbotlangan.        
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qog‘onoq suvi ketgan homiladorlarda xorioamnionit rivojlanish xavfining klinik-immunologik omillari bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida:
qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarning immunologik tahlil usullarini optimallashtirish va akusherlik asoratlarining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Xorioamnionit rivojlanish xavfi bo‘lgan qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarda tug‘ruq asoratlarini bashoratlash metodologiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8/607-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma homiladorligi qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan va xorioamnionit bilan asoratlangan ayollarni o‘z vaqtida davolash va profilaktika choralarini ko‘rish imkonini bergan;
xorioamnionit rivojlanish xavfi bo‘lgan qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homiladorlarda erta tashxislash tekshiruv natijalari asosida «Qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarda xoriamnionit rivojlanishining xavf omillari algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8/606-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma xorioamnionit va amnion suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homilador ayollarni tashxislash va tug‘ruqni olib borish algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan.
qog‘onoq suvi tug‘ruqdan oldin ketgan homiladorlarda xorioamnionit rivojlanish xavfining erta tashxislash tahlil usullarini optimallashtirish va akusherlik asoratlarining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi, viloyat perinatal markazi, Kogon va Shofirkon tuman tibbiyot birlashmalarining akusherlik bo‘limlari klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 8n-r/8-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi akusherlik asoratlarning (sepsis va homila ichi infeksiyasi) kamayishiga va tug‘ruq natijalarining yaxshilanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish