Jumaniyazova Mukaddas Egamberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qator 3d metallar formiatlarining aralash amidli koordinatsion birikmalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K170.
Ilmiy rahbar: Azizov Toxir Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikki valentli kobal`t, nikel` va mis formiatlarining ba’zi aralash amidli koordinatsion birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kobal`t va nikel` formiatlarining nikotinamid bilan bir xil amidli koordinatsion birikmalari sintez qilingan va tuzilishi rentgenstrukturaviy tahlil metodi bilan isbotlangan;
ilk bor 22 ta yangi aralash amidli koordinatsion birikma sintez qilingan va tuzilishi, termik xossalari aniqlangan;
ilk bor g‘o‘zani o‘sishini tezlashtiruvchi hamda hosildorligini oshiruvchi yangi polifunksional ta’sirli stimulyator yaratilgan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida ligandlar va sintez qilingan birikmalarning geometrik va energetik parametrlari, atomlarda zaryadlarning taqsimoti, geometriyasi hamda reaksion qobiliyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikki valentli kobal`t, nikel` va mis formiatlarining yangi aralash amidli koordinatsion birikmalarining sintezi, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kobal`t va nikel` formiatlarining nikotinamid bilan koordinatsion birikmalarining tuzilishining rentgenstrukturaviy tahlil usulida aniqlangan kristallografik parametrlari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Crystallographic Data Centre, https://www.ccdc.cam.ac.uk/mystructures, CCDC № 2081143 va № 2092828). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
CuF•AA•ANK stimulyatori Xorazm viloyati fermer xo‘jaliklari maydonlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 30 iyundagi № 02/025-2763 ma’lumotnomasi). Natijada, CuF•AA•ANK stimulyatorini paxta ekishda qo‘llash paxta unib chiqishini 2-3 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan paxtaning rivojlanishi tezlashishini, hosil shakllanishi va etilishi 3-5 kunga erta bo‘lishi va hosildorlikni 5 %ga oshirish imkonini bergan;
sintez qilingan aralash amidli koordinatsion birikmalar FA-F7-010 “Nanotuzilishli fozajit tipidagi seolitlar panjaralari sirtida molekulyar klasterlarning energetikasi, tuzilishi va joylashishi” fundamental loyihasida koordinatsion birikmalar sorbsiya mexanizmini aniqlashda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 17 iyundagi № 4/1255-1780 ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil tuzilishli va faol markazli koordinatsion birikmalar ion-molekulyar xususiyatlarini o‘rganish imkonini bergan.