Tuychiev Ilxomjon Ibragimovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalarni to‘shamaga qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1846.
Ilmiy rahbar: Valiev Gulam Nibidjanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalar guruhi, chala chuvilgan pillalar, qaznoq, grenaj pillalardan ipak to‘shamasi olishning yuqori samarali resurstejamkor yangi texnika va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pilla guruhlari, qaznoq, chala chuvilgan va grenaj pillalarini ipak to‘shamasiga qayta ishlash uchun texnologik jarayon bosqichlari ishlab chiqilgan;
chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pilla guruhlari, qaznoq, chala chuvilgan va grenaj pillalardan ipak to‘shama olishni mavzud qurilmasidan farqli ravishda bosh barabani qoziqlari o‘rniga ingichka ignali elastik garnituralar o‘rnatilgan va sifatli ipak to‘shama olish imkoni yaratilgan;
chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalardan ipak to‘shama olish dastgohi bosh barabanining ignali garniturasini deformatsiyalanish xususiyatlari hamda burchak tebranishlarini hisobga olib matematik modeli olingan;
chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pilla guruhlari, qaznoq, chala chuvilgan va grenaj pillalardan ipak to‘shama olish qurilmasini texnologik parametrlarini optimal qiymatlari aniqlangan va ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalarni to‘shamaga qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalarni to‘shamaga qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirib, chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalarni to‘shamaga qayta ishlash uchun dastgohni   “VERIGROW IPAGI” MChJ shaklidagi XKda joriy etildi va 1 881 319 375 so‘m iqtisodiy samaradorlik olishga erishildi (“O‘zbekipaksanoat” Uyushmasining 2021 yil 24 avgustdagi 4-2/1335-sonli ma’lumotnomasi).
Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha jami 17 ta ilmiy-texnik anjumanlarda, shu jumladan 11 ta xalqaro va 6 ta respublika miqiyosidagi anjumanlarda muhokamadan o‘tkazilgan.
V. Ixtiro patenti. «Chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalarni qayta ishlash usuli» nomli ixtiro patentiga (№ IAP 04621 30.11.2012 y.), «Chuvishga yaroqsiz bo‘lgan pillalarni to‘shamaga qayta ishlash uchun qurilma» nomli foydali model  patentiga (№ FAP 00590 31.12.2010 y.),   O‘zbekistalon Respublikasi Intellektual mulkagentligining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01-11/2626-son xulosasi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish