Sayt test rejimida ishlamoqda

Shukurov Kamoliddin El`bobo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nutq buyruqlarini tanish algoritmlari va apparat-dasturiy platformasini ishlab chiqish», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T902.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Musaev Muxammadjon Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, dotsent; Avazov Yusuv Shodievich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili nutq signallarini tanishning tezkor algoritmlari, nutq buyruqlari orqali ovozli boshqaruv interfeysini ishlab chiqish va apparat-dasturiy platformada amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli muhit va ish faoliyati sharoitini hisobga olgan holda nutq buyruqlarini tanib olish va nutq signallarini shovqinlardan tozalashning adaptiv fil`trlash algoritmi ishlab chiqilgan;
nutq signallaridan axborot belgili xususiyatlarini Singulyar yoyish orqali soddalashtirish asosida ishlov beruvchi algoritmi yaratilgan;
vektorli kvantlash va yashirin Markov modeli buyruqlarini algoritmlari ishlab chiqilgan;
real vaqt rejimida nutq buyruqlarini tanib olish algoritmlari asosida apparat-dasturiy platformaning arxitekturasi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
turli muhitlarda nutq signallarini adaptiv fil`trlash, so‘zlovchi suxandonni identifikatsiyalash va nutq buyruqlari orqali ovozli boshqaruv apparat-dasturiy platformasi «O‘zbekiston temir yullari» AJning ishlab chiqarish korxonalarida murakkab dastgohlarni boshqarishda joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 33-8/7908-son ma’lumotnomasi). Natijada nutq buyruqlari orqali murakkab dastgohlarni boshqarishda mehnat unumdorligini oshirish imkonini bergan;
eshitish nuqsoniga ega insonlar uchun o‘zbek tili nutq so‘zlarini matn, surdo matn va imo-ishoraga o‘girishda qulay interfeysga ega bo‘lgan dasturiy majmua 106-son zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 9 noyabrdagi 33-8/7908-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab tarbiyalanuvchilarini o‘qitishda, yangi O‘zbek tili so‘zlarini imo-ishora orqali o‘rganish vaqti 15-20%ga qisqarishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish