Hamidov Jalil Abdurasulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash texnologiyasi», 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped23.
Ilmiy maslahatchi: Xodjabaev Anorbay Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Raximov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini qo‘llash texnologiyasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim jarayoni komponentlari uzviyligi asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilish faoliyatini faollashtirishda zamonaviy o‘qitish vositalarining (o‘quv materialini difrensial taqdim etish; o‘quv materialini ta’lim oluvchilar tayyorgarligi darajasiga qarab taqdim etish; bilish, baholash, boshqarish, turli shaklda nazorat qilish; interfaol muloqotni amalga oshirish)ning didaktik imkoniyatlari aniqlangan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini axborot-texnologik tayyorlash jarayonida ilmiy-pedagogik yondashuvlarga asoslangan holda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llashning metodik tizimi ishlab chiqilgan;
kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash algoritmini takomillashtirish asosida umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv axborotini ko‘rgazmali-obrazli, izchil-mantiqiy tarzda havola etishning texnologiyalashtirish metodi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablarni amalga oshiruvchi, umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarini havola etish shakllarini aks ettiruvchi hamda interfaol o‘quv muloqotini ta’minlovchi yaxlit tizim sifatida o‘qitishni modulli tuzilma asosida tashkil etish varianti yaratilgan;
Visual Basic va Masromedia Flash dasturlari asosida mul`timediali o‘qitish platformasi imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqotlar natijalari asosida:
ta’lim jarayonining tashkiliy-maqsadiy, mazmuniy, texnologik, natijaviy komponentlari uzviy birligini ta’minlash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilish faoliyatini faollashtirishda zamonaviy o‘qitish vositalari-ning o‘quv materialini ta’lim oluvchilar tayyorgarligi darajasiga qarab taqdim etish, bilish faoliyatini boshqarish, turli shaklda nazorat qilish, korrekt personallashtirilgan dialogni ta’minlash kabi didaktik imkoniyatlaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000–Kasb ta’limi (Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi) bakalavriat ta’lim yunalishiniig malaka talablarini ishlab chiqishda hamda umumkasbiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriya yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi 89-03-2404-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan takliflar bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida fanga oid bilimlar hamda metodik bilim va ko‘nikmalarning integratsiyasini ta’minlashga xizmat qiladi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‘i asosida takomillashtirilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish maqsadida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash sifat va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi o‘qitishning zamonaviy didaktik vositasining tashkiliy-funksional tuzilmasi komponentlari, umumkasbiy va metodik integrativ bilimlar (tizimlashtirilgan ma’lumotlar, laboratoriya ishlanmalari va umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar) asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash modeli Jizzax politexnika instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti kasb ta’limi yo‘nalishida joriy etilib, tajriba-sinovdan o‘tkazilgan. Natijada tajriba-sinov guruhlarida o‘quv materialini o‘zlashtirish koeffisienti nazorat guruhlaridagidan 11% ga, o‘zlashtirishning mustahkamlik koeffisienti 8 % ga ortgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi 89-03-2404-son ma’lumotnomasi). Mazkur model bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash sifatini takomillashtirishga xizmat qiladi;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablarni amalga oshiruvchi, umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarini havola etish shakllarini aks ettiruvchi hamda interfaol o‘quv muloqotini ta’minlovchi yaxlit tizim sifatida o‘qitishni modulli tuzilma asosida tashkil etish varianti talabalarning kasbiy tayyorgarligi rivojlanishi jarayonini tashxislash mezonlari va ko‘rsatkichlari, o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalari asosida kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash texnologiyasi komponentlaridan respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi 89-03-2404-son ma’lumotnomasi). Mazkur umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yaratilgan mul`timediali elektron o‘quv qo‘llanmalar, virtual laboratoriya va EO‘UMlar, intellektual va integrativ topshiriqlar oliy ta’lim muassasalari kasb ta’limi yo‘nalishlarida pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirishga, kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.