Yakubov Farxod Radjabovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozining tibbiy - ijtimoiy jihatlari va xirurgik taktikasini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib580.
Ilmiy maslahatchi: Babadjanov Azam Xasanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Adxam Ilxamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Nazira Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Olim Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy xirurgiya tibbiy tadqiqot markazi» federal davlat byudjet muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kaminvaziv yoki an’anaviy aralashuv usullarini tanlashga taktik yondashuvlarni maqbullashtirish, shuningdek qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish va bartaraf qilish usullarini takomillashtirish orqali jigar exinokokkozining xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasallik tarqalishining mintaqaviy xususiyatlarini, shuningdek jigar, o‘pkalar va boshqa a’zolarga parazitar invaziyaning ekstensiv qiymatini aniqlash bilan O‘zbekiston Respublikasi aholisi orasida turli xil joylashuvdagi exinokokk zararlanishining epidemiologik jihatlari ochib berilgan;
bolalar va kattalarda kasallikning jigar yoki qorin bo‘shlig‘i boshqa a’zolari zararlanishi bilan ro‘yhatga olingan va tashxislanmagan birlamchi xamda residiv shakllarini hisobga olgan holda gidatid parazitar invaziyaning klinik-epidemiologik jihatlariga aniqlik kiritilgan;
davolovchi kimyoterapiya o‘tkazish imkoniyatini oshirish yoki xirurgik aralashuvlar ulushini kamaytirish ehtimolligi verifikatsiyasi bilan exinokokk bilan zararlanishning erta shakllarini aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘i a’zolarining muntazam UTT-skriningi o‘tkazilishining klinik-patogenetik ahamiyati aniqlangan;
davolashning punksion usuli (PAIR) bir kamerali 4 sm.dan katta o‘lchamdagi jigar exinokokkozida (CE I turi), shuningdek CE II-III turdagi mul`tivezikulyar kistada to‘liq antiparazitar samarani (qiz pufaklarga nisbatan) va qoldiq bo‘shliq obliteratsiyasi uchun adekvat adgeziv jarayonni ta’minlay olmasligi aniqlangan;
kista rivojlanishi bosqichi (CE I-III turlari), uning o‘lchamlari va fibroz kapsula xolatiga bog‘liq xolda qoldiq bo‘shliq tomonidan asoratlar rivojlanishi xavf omillarini tekshirish bilan davolashning punksion-drenajlovchi usuli (PEVAC) natijasiga ta’sir qiluvchi jigar exinokokkozi kechishining klinik-patofiziologik xususiyatlari aniqlangan;
laparoskopik exinokokkektomiyani amalga oshirishning texnik jihatlarini murakkablashtiruvchi asosiy omillarga parazitar jarayonning joylashuvi, o‘lchamlari va avj olish bosqichi, shuningdek qoldiq bo‘shliqning abdominizatsiya hajmiga bog‘liq xolda, ularning spesifik asoratlar rivojlanishi xavfiga ta’sirini prognostik baholash bilan aniqlik kiritilgan;
an’anaviy exinokokkektomiyada drenajlash yo‘li bilan qoldiq bo‘shliqni bartaraf qilish, uning to‘liq yoki qisman tikilishi yoki keng abdominizatsiyasidan farqli ravishda, qo‘shimcha kaminvaziv muolajalarni yoki qayta operativ aralashuvlarni talab qiluvchi suyuqlik yig‘ilishi yoki yiringlash rivojlanishining asosiy xavf omillaridan biri ekanligi qayd etilgan;
FarGALS antiseptek vositasi kislotali muhit xisobiga xitinning chuqur qavatlariga osonlikcha kirib borishi, ularning butunligini buzishi va destruksiyaga olib kelishi, neytral eritmalar (70% va 96% li etanol eritmalari, yodning 5% li spirtli eritmasi) esa, xitin qavatning polimer mukopolisaxarid tuzilmasiga ta’sir  qila olmasligi aniqlangan;
jigar exinokokkozini xirurgik davolashda, parazitning faol shakllariga qarshi germisid samarani oshirish va qoldiq bo‘shliq bitishi jarayonlarini tezlashtirish bilan tavsiflanuvchi fibroz kapsulaga antiparazitar ishlov berish usuli takomillashtirilgan;  
germisid samarani kuchaytirishga, shuningdek xitin qavat destruksiyasini ta’minlashga va qoldiq bo‘shliqning reparatsiya jarayonlarini tezlashtirishga yo‘naltirilgan jigar exinokokkozini punksion (PAIR) va punksion-drenajlovchi (PEVAC) davolash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jigar exinokokkozining xirurgik davolash taktikasini maqbullashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Jigar exinokokkozining kaminvaziv davolash usuli» takomillashtirilgan (Ixtiroga patent №IAP 06539, 17.06.2021 y.). Taklif qilingan usul exinokokk suyuqligida, fibroz kapsula yuzasida va ichida joylashgan parazitning faol shakllariga germisid ta’sir qilish samaradorligini yaxshilashga imkon bergan.
«Jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqqa ishlov berish usuli» takomillashtirilgan (Ixtiroga patent №IAP 06540, 17.06.2021 y.). Taklif qilingan usul laparoskopik yoki an’anaviy exinokokkektomiyani amalga oshirishda antiparazitar ishlov berish samaradorligini yaxshilashga, drenajlovchi aralashuvdan so‘ng qoldiq bo‘shliqni yopilish jarayonlarini kuchaytirishga imkon bergan.
jigar exinokokkozini xirurgik davolash usuli bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jigar exinokokkozini xirurgik davolash usulini tanlashning taktik jihatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-09/19738-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar jigar exinokokkozini davolashning kaminvaziv usullarini amalga oshirish uchun ko‘rsatmalarni maqbullashtirishga va ularning natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
Jigar exinokokkozi xirurgiyasida qoldiq bo‘shliqqa antiparazitar ishlov berish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Jigar exinokokkozi xirurgiyasida qoldiq bo‘shliqqa antiparazitar ishlov berish usullarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-09/19738-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar jigar exinokokkektomiyasidan keyingi qoldiq bo‘shliqqa antiparazitar ishlov berish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha taktik yondashuvlarni maqbullashtirish imkonini bergan;
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limiga va Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-09/19738-son ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Jigar exinokokkozini xirurgik davolashning taktik jihatlarini takomillashtirish qoldiq bo‘shliq tomonidan asoratlar rivojlanishi chastotasini 9,7% dan 4,4% gacha va shunga mos ravishda ularni bartaraf etish uchun takroriy kaminvaziv aralashuvlar zaruriyatini 2,9% dan 1,0% gacha va an’anaviy tashrixlarni 1,3% dan 0,2% gacha qisqartirishga, shuningdek kasallik residivi xavfini 7,6% dan 3,7% gacha kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish