Qosimova Gulnoraxon Baxtiyorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Genroku davri adabiyotida an’ana va novatorlik (Ixara Saykaku ijodi)” 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil.830.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Timur Askadovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSC.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Muhibova Ul`fatxon Uchqunovna, filologiya fanlari doktori, professor; Gafurova Xakima Shavkatovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ixara Saykaku ijodining tadqiqi asosida Genroku davri yapon adabiyotida an’ana va novatorlik masalasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Genroku davri “shahar adabiyoti” ta’lim va savodxonlikning barcha qatlamlar orasida keng yoyilishi, tijorat bosmaxonlarining yuzaga kelishi va adabiyotning elitarlik xususiyatini yo‘qotishi, badiiy san’at turlarining ommalashuvi kabi XVII asr yapon ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy hayotida kuzatilgan yangilanish tamoyillari bilan bog‘liq ravishda rivojlanganligi asoslangan;
XVII asrning nasriy adabiyoti – “kanazoshi”ning o‘tmish adabiy an’analari qolipidagi hamda yangi namunalarining ichki mazmuni, tuzilishi, bayon usuli, badiiy tafakkur tarzi kabi janr xususiyatlarini aniqlash orqali, uning o‘rta asr yapon adabiyoti va Saykaku ijodi oralig‘ida bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida mavjud bo‘lganligi dalillangan;
Genroku davri adabiyotida an’ana va yangilanish tamoyillarining barqarorlikka erishishi, yapon realistik adabiyotining yuzaga kelish jarayoni Ixara Saykakuning “ukiyozoshi” yo‘nalishidagi ijodi bilan boshlanganligi isbotlangan;
Ixara Saykaku ijodida yapon xalq og‘zaki ijodi, No yoki jyoruri teatrining pesalari, xitoycha mumtoz asarlarning syujet qolipi, syujet qurilishidan joy olgan motiv, obrazlar prototipi ko‘rinishida istifoda etilganligi, epik qahramonlar to‘g‘risidagi yapon va didaktik ruhdagi xitoy o‘tmish manbalarini yangicha talqin etishda kulgi ostiga olish usuliga tayanilganligi aniqlangan;
Saykaku asarlarining tili mumtoz adabiy va jonli xalq tillarining o‘zaro uyg‘unligidan yuzaga kelganligi, adibning badiiy uslubi realistik metodi asosida hamda yapon mumtoz she’riyatining engo, kakekotoba, kigo kabi assotsiatsiyaga asoslanuvchi ritorika uslullariga tayangan xaykay she’rlari ta’sirida shakllanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yapon o‘rta asr adabiyoti, xususan, Genroku davri adabiyotida an’ana va novatorlik, Ixara Saykaku ijodi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Ixara Saykaku Genroku davrining nasrnavisi, “ukiyozoshi” nasri, uning ijodida an’ana va novatorlik masalalariga oid ilmiy natijalaridan OT-F1-67 raqamli “Buyuk ipak yo‘li mintaqasi xalqlari fol`klorining tipologiyasi, milliy o‘ziga xosligi va yozma adabiyot rivojida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2021 yil 24 avgustdagi 01-04-01/171-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi yapon fol`klorida sesuva janriga oid masalalarni yoritishga yordam bergan;
dissertatsiyaning tahliliy fikrlari va ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston-Yaponiya aholi resurslari taraqqiyoti markazida o‘tkazilgan “XVII asr – Genroku davrida adabiy jarayonlar va ularning o‘ziga xos jihatlari” nomli ilmiy seminarda foydalanildi (O‘zbekiston-Yaponiya Markazining 2021 yil 4 maydagi, 46-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi va tinglovchilarda XVII asr – Genroku davri adabiyoti, nasriy va nazmiy janrlarining badiiyati hamda Ixara Saykaku merosi bilan bog‘liq bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratgan;
XVII asr, xususan, Genroku davri yapon shahar adabiyotining shakllanish jarayonlari, ushbu davrning novator adibi Ixara Saykakuning ijodi, an’ana va novatorlik masalasi nuqtai nazaridan uning badiiy mahorati, badiiy tili hamda uslubini tadqiq qilishga bag‘ishlangan tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” radiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli radio eshittirishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 20 apreldagi 04-25-602-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi adabiyot ixlosmandlari, o‘zbek kitobxonlari uchun ma’lumot berishda, radio tinglovchilarning chet el adabiyoti namunalaridan bahramand bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish