Sayt test rejimida ishlamoqda

Saydaxmetova Shaxnoza Ravshanbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1989.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Xamid Utkirovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Bozorova Saodat Jamolovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning o‘quv faoliyatida organik kimyoga oid tajribalarni bajarish ko‘nikmasini shakllantirishda fanning xususiy metodlarini (evristik, ilmiy tadqiqot, qisman izlanuvchanlik) joriy etib o‘zlashtirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini ta’lim jarayonida reproduktiv, produktiv va kognitiv usullarini qo‘llashning kompetensiyaviy mazmuni innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida talabalarning ijodiy-tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirishni belgilovchi mezonlar aniqlangan;
organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini takomillashtirishda faoliyatli, motivatsion, refleksiv yondashuv vositasida ilmiy-tadqiqot, izlanuvchanlik metodlariga ustuvorlik berilib, talabalarda noodatiy vaziyatlarda ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmasi rivojlantirilgan;
tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida oliy ta’lim muassasalarida organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasi pedagogik ta’sir vositalarini qo‘llash asosida Blum taksonomiyasi bo‘yicha adaptiv test savollari topshiriqlar orqali sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, bunda kurs ishlari, mustaqil ishlar, to‘garaklar, uchun yo‘riqnomalar-shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-texnologiyalari asosida (treninglar, o‘quv loyihalar, Keys-stadi, VENN diagrammasi, Tushunchalar tahlili, Mental xarita) uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish orqali interfaollik prinsiplari didaktik i ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini takomillashtirish mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini ta’lim jarayonida reproduktiv, produktiv va kognitiv usullarini qo‘llashning kompetensiyaviy mazmuni innovatsion texnologiyalaridan foydalanish asosida talabalarning ijodiy-tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirishni belgilovchi mezonlarni aniqlashga oid takliflar asosida “Kimyo asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘i bilan berilgan 274-240-son guvohnoma). Natijada, fanga oid xorijiy tajribalarni tahlil qilish imkoniyati oshirilgan;
organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasi pedagogik ta’sir vositalarini qo‘llash asosida Blum taksonomiyasini joriy etish ta’sirchanligi takomillashtirishga oid takliflar asosida “Organik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli buyrug‘i bilan berilgan 394-131-son guvohnoma). Natijada, organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini fanlararo integratsiyasini yanada rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Organik kimyo” fanidan talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini oshirishda mustaqil ishlar, to‘garaklarning o‘rni, fanlararo bog‘lanishda-ilmiylik, hayotiylik interfaollik prinsiplari didaktik imkoniyatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Kimyo o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-sonli buyrug‘i bilan berilgan 356/7-021-son  guvohnoma). Natijada, organik kimyoga oid tajribalarni o‘rganish metodikasini takomillashtirishda kognitiv bilish faoliyatini shakllantirish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish