Sabirova Nasiba Ergashevna
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Xorazm baxshichilik va xalfachilik an’analari (genezis, lokallik, repertuar, ijro usuli)”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik(filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fil320.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Eshonqulov Jappor Salievich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor; Sariev San’at Matchanbaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ochilov Nasim Komilovich, filologiya fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm baxshi va xalfachilik san’atining ilk manbalari va taraqqiyot bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari, dostonchilik maktablari, qissaxonlik va uning og‘zaki ijroga ta’siri, baxshilar va xalfalarning ustoz-shogirdlik an’analari, hududga xos epik an’analar, mashhur baxshilar va xalfalar ijodining evolyusiyasini aniqlash hamda lokal xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm baxshichilik va xalfachilik san’atining tarixiy ildizlari va evolyusiyasi aniqlangan, etnogenetik jarayonlar asosida shakllangan har ikkala tip dostonchilikdagi epik repertuar belgilangan, baxshichilik, xalfachilik va qissaxonlik an’analarining ushbu jarayon taraqqiyotidagi munosabatlarining hududiy va etnogenetik omillar ta’sirida kuylash uslubi va repertuaridagi asarlarga muayyan ta’sirini o‘tkazganligi natijasida turli baxshi maktablarni yuzaga kelganligi kabi o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
Xorazm vohasi o‘ziga xos etnofol`kloriy mintaqa sifatida qaralib, mintaqadagi baxshichilik, xalfachilik va qissaxonlik san’ati, dostonchilik maktablari hamda epik repertuardagi Janubiy Xorazm baxshilarining “shirvoniy” musiqa yo‘llari bilan Shimoliy Xorazmning “eroniy” dostonchilik kuylari o‘rtasidagi lokal xususiyatlari aniqlangan;
Xorazm vohasi baxshichilik, qissaxonlik va xalfalik san’atining o‘ziga xosligi, lokal xususiyatlari, repertuari, ijro usullari, baxshilar tomonidan kuylangan dostonlarning yozma nusxalarini og‘zaki variantlar bilan qiyoslash asosida baxshi badihago‘yligi oydinlashtirilgan;
og‘zaki nutqning badiiy tafakkur mahsuli ekanligi atroflicha ko‘rsatilib, qissa yaratish jarayoni, qissaxon va qiroatxon xalfalar repertuaridagi ijrolariga tavsif berilib, qissaxonlikning baxshilarga ijobiy ta’siri ochib berilgan;
qissa – doston va yozma adabiyot munosabati, matnga g‘azal, muxammas, musaddas, tuyuq kabi janrlarning kirib kelish sabablari, dostonlarni yozuvga ko‘chirish an’anasi kuchayganligi hamda madrasa ta’limini olgan ijodkor ziyolilar doston matnlarini yozuvga olib, uning tarkibiga yozma adabiyotga xos janrlarni olib kirganlari va asar tilini o‘sha davr adabiy tiliga moslashtirishga bevosita aloqadorligi isbotlangan;
vohada faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ikkita dostonchilik maktablarining doston kuylashdagi umumiylik va alohidalik xususiyatlari Shimoliy dostonchilikda baxshilar repertuari ijro uslubidagi o‘zgachaliklar badihago‘ylik ustuvorlik qilishida, og‘zaki bayonda xalq so‘zlashuv tiliga oid tashbehlar, frazeologik iboralar ko‘proq qo‘llanishida, Janubiy dostonchilikda esa muqaddima, xotimadagi an’anaviy klishelar va medial formulalarni ishlata bilish usullari ustuvorlik qilishida namoyon bo‘lishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm baxshichilik va xalfachilik an’analarining genezisi, lokalligi, xalq baxshilari va xalfalarning repertuari, ijro usuli, ijodiy faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriy qilingan:
“Xorazm xalq qo‘shiqlarida poetik ramzlar” (2019) monografiyasi, shuningdek, “Anash xalfa”, “Ojiza”, “Xorazm xalfachilik an’analari” (2020), “Xorazm baxshichilik an’analari” (2021) kabi uslubiy qo‘llanmalari dostonlar syujeti, motiv va obrazlarining genezisi, xalfachilik san’ati, shakllanishi, baxshi ijrochiligining genezisi arxaik fol`klor va mifologik e’tiqodlar bilan bog‘liqligiga doir ilmiy-nazariy qarashlaridan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida bajarilgan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi F1-FA.2012-1-8 fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasining 2021 yil 4 noyabrdagi 3/1255-3030-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy maqolalarda ilgari surilgan ilmiy konsepsiyalar va nazariy xulosalardan o‘zbek xalq qo‘shiqlarining akademik nashrini tayyorlashda matn yuzasidan ilmiy izohlar tuzish va so‘zboshi-tadqiqot yaratishda foydalanilgan, shuningdek, Xorazm viloyatidan o‘zi yozib olgan, shuningdek, fol`klor to‘plamlari va davriy nashrlarda ommalashtirilayotgan “yor-yor”larni jamlab, ularning badiiy jihatdan eng mukammal namunalarini saralagan va tayanch matnlar bazasiga kiritish ishini amalga oshirgan;
baxshichilik va xalfachilik san’atining lokal xususiyatlari, Xorazm epik an’analarining qadimiy ildizlari, tadrijiy bosqichi va bugungi holati, baxshichilik va xalfachilik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari, repertuari, ijro usullarini o‘rganish va bu o‘lmas merosni ommalashtirish borasidagi yangi ilmiy qarashlaridan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi ashyolarining elektron katalogini tayyorlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining 2021 yil 26 oktyabrdagi 163/1-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida yangidan tashkil etilayotgan “Xalq og‘zaki ijodiyoti” nomli ekspozisiyalarda foydalanilgan va elektron katalog tayyorlashga erishilgan;
Xorazm hududidagi dostonchilik maktablariga tavsif berish, xalfachilik san’atining ilk manbalarini aniqlash, Xorazm baxshichilik an’analarining genetik asoslari, uning taraqqiyoti, epik ijrochilikning boshlanishi va evolyusiyasini aniqlashdagi ilmiy qarashlarida O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarininig nazariy masalalarini tadqiq etish” (2021-2016) fundamental loyihasini bajarishda (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 8 noyabrdagi 17.02/265-son ma’lumotnomasi), shuningdek, Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” (2017-2020) fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 noyabrdagi 17.02/266-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm baxshichilik va xalfachilik an’analarining tarixiy asoslari, tadrijiy bosqichlari, taraqqiyotiga doir yangi ilmiy qarashlar asoslangan;
Xorazm baxshi va xalfachilik san’ati an’analarining hozirgi saqlanish holati va baxshi-shoirlar ijodiy faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ustoz-shogirdlik an’analarining epik xotira davomiyligida tutgan o‘rni, baxshichilik san’atining zamonaviy ijro usullari va sahnaviy talqinlariga doir ilmiy qarashlaridan Ozarbayjon xalqiga xos bo‘lgan xususiyatlar o‘rganilgan va ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasi Boku slavyan universiteti ilmiy tadqiqotlar bo‘limining 2021 yil 16 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm va Ozarbayjon baxshilari ijrosining o‘xshash va farqli tomonlari, ma’rifiy-estetik ahamiyati, dostonlarning yosh avlod dunyoqarashi va tafakkurini o‘stirishdagi o‘rni, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi, fol`klor namunalarining yuksak tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ilmiy qarashlar keng ommalashtirilgan;
Xorazm baxshichilik va xalfachilik an’analari o‘ziga xos xususiyatlarini belgilovchi yetakchi mezonlarning ajdodlarimiz ma’naviy merosida tutgan muhim o‘rni haqidagi natijalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limidagi ijodiy uchrashuvlarda, yosh ijodkorlar bilan tashkil etilgan “Mahorat darslari”da, Xorazmlik yosh kitobxonlar, “Ma’naviyatli yoshlar Vatanni madh etadi”, “Yosh kitobxon” kabi turli tanlovlarda va uyushma tomonidan tashkillashtirilgan targ‘ibot ishlarida samarali foydalanilgan (Yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 2 noyabrdagi 01-03/1295-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm dostonchiligi va xalfachiligining genezisi, o‘ziga xos xususiyatlari yosh ijodkorlarning o‘zbek xalq dostonchiligi borasidagi fikrlarini shakllanishi va badiiy-estetik tafakkurining o‘stirishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan;
fol`klor asarlarida xalq ma’naviy olamining badiiy ifoda etilishi, xalq baxshichilik va xalfachilik an’analarining tarixiy ildizlarini oydinlashtirish, baxshi va xalfalari repertuaridagi doston va qissalarda hayotiy voqelik va ijtimoiy munosabatlarning aks etishi, baxshi-shoirlar ijodining hozirgi ma’naviy-madaniy taraqqiyotda tutgan o‘rni va ahamiyatiga doir tahliliy umumlashmalaridan Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limining fond tizimidagi muzey va ziyoratgohlarda, jumladan, Xorazm “Avesto” muzeyiga tashrif buyuruvchilarga hamda baxshi va xalfa ijrochiligiga oid festivallar, tanlovlar ishtirokchilariga ma’lumot berishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi va Xorazm “Avesto” muzeyining 2021 yil 2 noyabrdagi 01-34-son ma’lumotnomasi). Natijada sayyoh va ziyoratchilarga hamda turli tanlov va festivallar qatnashchilariga Xorazm baxshichilik va xalfachilik an’analari borasida keng tushuncha va ma’lumotlar berishga erishilgan;
Xorazm baxshichilik va xalfachilik san’ati an’analarining hozirgi saqlanish holati va baxshi-shoirlar ijodiy faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar, ustoz-shogirdlik an’analarining epik xotiraning davomiyligida tutgan o‘rni, baxshichilik san’atining zamonaviy ijro usullari va sahnaviy talqinlariga doir ilmiy qarashlaridan “O‘zbekiston” milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’naviy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 04-25-1477-son ma’lumotnomasi). Natijada baxshilar va xalfalar ijrosining ma’rifiy-estetik ahamiyati, dostonlarning yosh avlod dunyoqarashi va tafakkurini o‘stirishdagi o‘rni, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi, fol`klor namunalarining yuksak tarbiyaviy ahamiyati haqidagi ilmiy qarashlar keng ommalashtirilgan.