Sayt test rejimida ishlamoqda

Usarov Umidjon Abdimavlyanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi er-suv munosabatlariga oid siyosati”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar248.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokirjon Safarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi er-suv munosabatlariga oid siyosatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston o‘lkasida ilgari mavjud bo‘lgan mulkiy erlardan olinadigan soliqlarni imperiya manfaatlariga mos ravishda qayta ko‘rib chiqish, vaqf ajratilgan mulklarni qisqartirish va nazoratga olinishi, general-gubernatorlik tomonidan bu erlarga qo‘shimcha soliqlar joriy etilishi unda band bo‘lgan aholi va ta’lim muassasalarining moliyaviy ahvolini og‘irlashishiga olib kelganligi aniqlangan;
mustamlaka hukumati o‘lkadagi sug‘orish tizimini takomillashtirishda qo‘shimcha sarf-xarajatlar qilmasdan, asrlar davomida shakllanib kelgan irrigatsiya inshootlari (sepoya, to‘g‘on) asosida bostirib sug‘orish, jo‘yak olish, jo‘yaklar orasida suv oqimini teng taqsimlanishi kabi usullarni saqlab qolishni afzal ko‘rganligi ochib berilgan;
Turkistonda doimiy suratda kuzatilib turgan suv taqchilligi davrida general-gubernatorlik tomonidan turli nizoli vaziyatlarni oldini olishda sayi-harakat ko‘rsatgan oqsoqollar va miroblarga, ariqlarni ta’mirlash hamda qazish ishlarida faollik ko‘rsatgan shaxslarga, suvdan foydalanishda tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilganlarga suv taqsimoti va navbatida imtiyozlar berilganligi asoslangan;
imperiya rasmiy amaldorlari boshqaruv tizimini mustahkamlash maqsadida o‘lka er-suv munosabatlarini yo‘lga qo‘yish uchun tashkil etilgan maxsus taftish komissiyalari er egaligi turlari va vaqf erlari masalasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar og‘ir oqibatlarga olib kelishi, mahalliy aholining hukumatiga bo‘lgan ishonchini yanada pasaytirishi mumkinligi hisobga olinib, erlarning ma’lum qismini davlat ixtiyoriga o‘tkaza olmaganliklari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi er-suvga doir siyosati borasidagi ilmiy xulosa va takliflardan:
Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi va uning huzuridagi “moliya va xo‘jalik ishlari”, “er solig‘i va irrigatsiya ishlari” bo‘limlari, viloyatlar harbiy gubernatorlari mahkamasi va o‘lka rasmiy amaldorlari tomonidan tuzilgan komissiya hamda imperiya hukumati tomonidan o‘lkada o‘tkazilgan maxsus taftish komissiyalarining er-suv munosabatlariga oid faoliyati natijalaridan “O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi” darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi guvohnomasi, ro‘yxatga olish raqami: 434-148). Ushbu darslik oliy o‘quv yurti talabalarini davlatchilik tarixi, mustamlaka ma’muriyatinnig Turkiston o‘lkasidagi er-suv munosabatlari bo‘yicha siyosatiga doir bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilgan;
XIX asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkiston o‘lkasidagi er-suv munosabatlariga oid siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari, imperiya hukumatining o‘lkada mustamlaka siyosatini amalga oshirishda er egaligi turlari va mulkchilik munosabatlaridagi o‘zgarishlar, suv manbalari va sug‘orish tizimi ahvoli hamda qishloq xo‘jaligiga oid agrar siyosati metropoliya manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borilganligi mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri va uning oqibatlari kabi jihatlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 12 dekabrdagi 02-40-1236-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda o‘z aksini topgan ilmiy materiallar teletomoshabinlarning O‘zbekistonda er-suv munosabatlari tarixiga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish