Sayt test rejimida ishlamoqda

Primov Muhiddinjon Omonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1924-1990 yillarda O‘zbekistonda kartografiya tarixi: holati, bosqichlari va muammolari”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi,  07.00.02 – Fan va texnologiyalar tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar483.
Ilmiy rahbar: Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Egamberdiev Asomberdi, geografiya fanlari nomzodi, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1924-1990 yillarda O‘zbekistonda kartografiya sanoatining rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1924-1990 yillarda O‘zbekistonda sovet kartografiyasi yutuqlarini o‘zida jamlagan alohida fan tarmog‘i sifatida rivojlanganligi, kartografik ishlarni amalga oshirishda aerosuratga olish va xaritalashtirish uchun zarur texnika hamda jihozlarni O‘rta Osiyo respublikalari bilan hamjihatlikda qo‘llanish jarayonida ekin mavsumi bilan bog‘liq davriy jihatdan mos kelmaslik holatlari ba’zi muammolarni keltirib chiqarganligi aniqlangan;
markazdan O‘zbekistondagi kartografik ishlarga ajratilishi zarur bo‘lgan mablag‘larning kechiktirilishi va to‘liq berilmasligi xaritalarni tuzish muddatlarining kechikishiga yoki umuman to‘xtab qolishiga, kadrlar faoliyat samaradorligining pasayishiga hamda tuzilayotgan xarita bilan bog‘liq paxtachilik, g‘allachilik kabi qishloq xo‘jaligi sohalarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
O‘zbekistonda kartografik faoliyatni amalga oshirishda asosiy e’tibor sanoat, qishloq xo‘jaligi, er osti suv manbalari va dorivor o‘simliklar xom ashyo bazalarini tashkil etishga hamda zarur hollarda hududga xom ashyoni va harbiylarni olib kirish yoki olib chiqishga qaratilgani ochib berilgan;
XX asrning o‘rtalarigacha respublikada kartograf kadrlarni tayyorlashga O‘rta Osiyo davlat universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarida etarlicha e’tibor qaratilmagani, ularning ta’lim olishlari uchun etarlicha yoki ba’zan o‘rin ajratilmagani oqibatida respublikada etakchi mahalliy  kartograf kadrlar muammosi yuzaga kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1924-1990 yillarda O‘zbekistonda kartografiya tarixi: holati, bosqichlari va muammolari oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘z faoliyatida respublikada sovet kartografiya tizimining shakllanishi tarixi, kartograf kadrlar tayyorlashdagi muammolar, Toshkent kartografiya fabrikasining (“Kartografiya” DIIChK) tashkil etilishi va faoliyati tarixi haqidagi ma’lumotlardan foydalangan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2021 yil 1 iyuldagi 08-30-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi tasavvurni boyitishga imkon beradigan xaritalar tayyorlashga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda kartografik nashrlar, atlaslar va xaritalar tuzish jarayonlari tarixi va bu boradagi muammolarni ochib berishga oid natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Mavzu” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2020 yil 13 fevraldagi 02-40-364-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv teletomoshabinlarga 1924-1990 yillarda O‘zbekiston kartografiyasi holati haqida tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘z faoliyatida “Yurtim tarixini o‘rganaman”, “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” va “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz” kabi mavzulardagi maqsadli va manzilli targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda O‘zbekistonda kartografik faoliyatni amalga oshirishda asosiy e’tibor sanoat, qishloq xo‘jaligi, er osti suv manbalari va dorivor o‘simliklar xom ashyo bazalarini tashkil etishga qaratilgani xususidagi xulosalardan foydalangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 avgustdagi 03/08-1001-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarni O‘zbekistondagi kartografiya tashkilotlari va kartograf olimlar faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish