Sayt test rejimida ishlamoqda

Rizaev Ilhom Imomalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy tizimning o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal290.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy Kengash asosidagi Bir martalik ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Berdimuradova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Izzetova Emine Mustafaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy tizimning o‘z-o‘zini tashkillashtiruvchi mexanizmlarining murakkab fenomen sifatidagi sinergetik mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab tizimlarda entropiyaning me’yori buzilganda bifurkatsion holatlarni keltirib chiqaruvchi fluktuatsiyalar tizimni muvozanatdan uzoqlashtirib, u o‘zining ichki mohiyatini o‘zi inkor etishi, ya’ni o‘zligini inkor etish hodisasi falsafiy jihatdan asoslangan;
ijtimoiy tizimdagi xaos holatida negenropiylik va gomeostazisininig buzilishi, ya’ni nomuvozanatlilik, beqarorlik strukturani emiruvchi-destruktiv omillar xaosdan tartibotga o‘zaro o‘tish qonuniyati asosida ochib berilgan;
integratsiya oqibatida ijtimoiy tizimda yangi sifat va xossalarning namoyon bo‘lishi, ya’ni uning konstruktiv innovatsion xarakterdagi xususiyati attraktor tamoyili asosida falsafiy jihatdan dalillangan;
ijtimoiy tizimdagi bifurkatsiya jarayoni, ya’ni tizimdagi beqaror vaziyatning elementlar strukturasiga fluktuatsion ta’sirini o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlari asosida bartaraf etish mumkinligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy tizim o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlariga sinergetik yondashuv asosida ishlab chiqilgan takliflaridan:
murakkab tizimlarda entropiyaning me’yori buzilganda bifurkatsion holatlarni keltirib chiqaruvchi fluktuatsiyalar tizimni muvozanatdan uzoqlashtirib, u o‘zining ichki mohiyatini o‘zi inkor etishi, ya’ni o‘zligini inkor etish hodisasi falsafiy asoslanganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar hamda amaliy takliflardan “Milliy g‘oya va O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” nomli darslikning “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi – faoliyatimiz dasturi” deb nomlangan V bobidagi mavzularni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4373-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashuv ta’sirida jamiyatda cheklangan resurslar va manfaatlar to‘qnashuvi ko‘rinishidagi konfliktlar singari jamiyat strukturasini emiruvchi sifatlarni keltirib chiqarish sabablarini aniqlash va prognoz qilishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tizimdagi xaos holatida negenropiylik va gomeostazisininig buzilishi, ya’ni nomuvozanatlilik, beqarorlik strukturani emiruvchi-destruktiv omillar xaosdan tartibotga o‘zaro o‘tish qonuniyatiga doir dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan “Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning II bobi “Fuqarolik, fuqaroviylik va faol fuqarolik pozisiyasi” mavzularini tayyorlashda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4373-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma mavzularini takomillashtirishga hamda globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, ijtimoiy tizim strukturasining vujudga kelishiga ta’sir etuvchi institutlarning o‘zaro aloqadorligini shakllantirish va uzviy hamkorligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
integratsiya oqibatida ijtimoiy tizimda yangi sifat va xossalarning namoyon bo‘lishi, ya’ni uning konstruktiv innovatsion xarakterdagi xususiyati attraktor tamoyili vositasida metodologik ahamiyatga doir taklif va tavsiyalaridan “Fuqarolik jamiyati taraqqiyotida O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasining VI bobi “Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi” mavzularini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4373-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanma mavzularini takomillashtirishga hamda ijtimoiy tizim strukturasining shakllanishiga ta’sir etuvchi elementlarning uzviy hamkorligini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tizimdagi bifurkatsiya jarayoni, ya’ni tizimdagi beqaror vaziyatning elementlar strukturasiga fluktuatsion ta’sirini o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlari vositasida bartaraf etishga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Ijtimoiy himoya - davr talabi” radioeshittirishining 2020 yil 19 aprel` kuni efirga uzatilgan sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasiining 2020 yil 12 avgustdagi 09-01/243-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikka pensiya va nafaqalarni tarqatish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va takliflarni, jumladan, ijtimoiy tizim o‘z-o‘zini tashkillashtirish mexanizmlarini va tamoyillariga yangicha yondashuvni shakllantirish orqali jamiyat rivojlanishi bilan shug‘ullanuvchi institutlar bilan faol hamkorlik qilish orqali ularning faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ijtimoiy jarayonlarni boshqarishning ilmiy asosini yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish