Sayt test rejimida ishlamoqda

Muxamedov Yoqubjon Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Choch vohasida G‘arbiy Turk xoqonligi  boshqaruvi”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar55.
Ilmiy rahbar: Mavlanov Uktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ataxodjaev Azimxo‘ja Muzaffarovich, tarix fanlari doktori; Boboyorov G‘aybulla Bollievich, tarix fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Choch vohasida G‘arbiy Turk xoqonligining VI–VIII asrlardagi mahalliy boshqaruv tizimini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arbiy Turk xoqonligi Choch vohasini o‘zining boshqaruv markazlaridan biri sifatida tanlashi bilan bog‘liq masalalarga vohaning o‘ziga xos strategik o‘rni va hududning tabiiy resurslarga boyligi, o‘z joylashuv o‘rniga ko‘ra xoqonlikning bosh siyosiy markazi Suyab shahri (Ettisuv)ga yaqinligi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan o‘troq o‘lkalarga eltuvchi yo‘l ustida joylashganligi sabab bo‘lganligi dalillangan;
G‘arbiy Turk xoqonligining ma’muriy tuzilishida Choch vohasining tutgan o‘rni, mahalliy va xoqonlikka xos turkiy an’analar asosida boshqarganligi, vohadagi Jabg‘ukat, Xotunkat, Tunkat shaharlarining ma’muriy boshqaruv va iqtisodiy markazlar sifatidagi mavqei, hunarmandchilik, konchilik mahsulotlarini oltin, kumushni tashqi bozorga etkazib berishda muhim o‘rin tutganligi ochib berilgan;
Chochda mahalliy boshqaruv tizimi tarixi bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritilib, voha boshqaruvida “xuv” (hukmdor), “tegin”, “tudun”, “tarxon” kabi unvonlarning kelib chiqishi, bajargan funksiyasi, unvon egalarining boshqaruvdagi maqomi, o‘zlarini “Choch hukmdorlari” deb ataganliklari, yarim mustaqil hukmdorlik sifatida o‘z tangalarini zarb qilganligi isbotlangan;
Toshkent vohasidagi Qanqa, Mingo‘rik, Tunkat kabi yodgorliklarning ilk o‘rta asrlarga oid madaniy qatlamlaridan topilgan sopol, tanga va turli metall buyumlar sirtida hamda Sosoniy hukmdori Xurmuzd IV boshqaruvining oltinchi-yili (584-585 yillar)ga oid kumush draxmalarda keltirilgan “Chachannapch” (Choch xalqi) atamasi sug‘diychada chochliklar jamoasini birlashtirib turuvchi etnik tushuncha bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Choch vohasida G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
G‘arbiy turk xoqonligi boshqarilishi xoqonligining ma’muriy tuzilishida Choch vohasining tutgan o‘rni, mahalliy va xoqonlikka xos turkiy an’analar asosida boshqarganligi, vohadagi Jabg‘ukat, Xotunkat, Tunkat shaharlarining ma’muriy boshqaruv va iqtisodiy markazlar sifatidagi mavqei, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, konchilik mahsulotlarini tashqi bozorga etkazib berishiga oid natijalar “O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi: Ikkinchi kitob” (4 paragraf 225-245 bet) nomli darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 13 noyabrdagi 89-03-3895-son ma’lumotnomasi). Natijada davlatchilik ildizlari ancha mustahkam bo‘lgan G‘arbiy Turk xoqonligi davrida Markaziy Osiyo va unga qo‘shni hudud xalqlari, ma’muriy boshqaruv tarixini ochib berishga xizmat qilgan;
Chochda mahalliy boshqaruv tizimi tarixi bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritilib, voha boshqaruvida “xuv” (hukmdor), “tegin”, “tudun”, “tarxon” kabi unvonlarning kelib chiqishi, bajargan funksiyasi, unvon egalarining boshqaruvdagi maqomi, o‘zlarini “Choch hukmdorlari” deb ataganliklari, yarim mustaqil hukmdorlik sifatida o‘z tangalarini zarb qilganligi bilan bog‘liq masalalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining O‘zbekiston teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 10 oktyabrdagi 02-40-1012-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarning ilk o‘rta asrlar davri O‘zbekiston tarixiga oid bilimlarini yanada ortishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish