Muminova Muxtasar Odiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boburnoma» matni tarjimalarida antroponim va toponimlarning lingvokul`turologik xususiyatlari» («Boburnoma» matnining inglizcha tarjimalari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1821.
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Abduvaliev Muxammadjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Uluqov Nosirjon, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlarning lingvokul`turologik va pragmatik xususiyatlari qay darajada ingliz tarjimonlari Leyden-Erskin, A.Beverij va V.Tekston tarjimalarida amalga oshirilganligini tarjimashunoslik nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlar tarjimalarining leksik, semantik, sintaktik-stilistik, pragmatik va lingvomadaniy jihatlari tarjimashunoslikning adekvatlik xususiyati asosida ochib berilgan;
antroponim va toponimlarning o‘zbek tilidan ingliz tiliga transliteratsiya, tasviriy, transformatsion, kal`ka usullari orqali amalga oshganligi asoslangan;
antroponim va toponimlar tarjimalarini qayta yaratishda aniqlik mezoni va qiyosiy tasvirlash tamoyillari aniqlangan, antroponim va toponimlarning miqdor ustuvorligi ko‘rsatilgan;
antroponim va toponimlar tarjimasi pragmatik muvofiqlik va pragmatik nomuvofiqlikda amalga oshirilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. «Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlarning leksik-semantik, pragmatik va lingvokul`turologik xususiyatlarini qiyosiy tipologik tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
«Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlarning lingvistik talqini, uni tilshunoslikka qo‘shgan ulushlari va ahamiyatli jihatlariga aloqador materiallardan AM-FZ–201908172-raqamli «O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-06/3-2596-son ma’lumotnomasi). Natijada «Boburnoma» matidagi antroponim va toponimlarning lingvistik tadqiqi, til taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari va tilning derivatsion vazifalarini aniqlashga katta imkoniyat yaratish bilan birga uning muammolarini yoritishga xizmat qilgan;
«Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlarni tarjima qilish muammolari va ularning lingvokul`turologik hamda pragmatik xususiyatlari to‘g‘risida shuningdek mumtoz asarlarini tarjima qilish tamoyillariga oid ilmiy xulosalardan Turkiya Tikaret universitetining Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakul`teti talabalariga Bobur va uning ijodi hamda «Boburnoma» matni tarjimalari, «Boburnoma»dagi antroponim va toponimga oid ilmiy maqolalar, materiallar universitet talabalari, magistrantlari va «Boburnoma» asarining xorijda o‘rganilishiamda uning lingvokul`turologik xususiyatlari haqida ma’lumot berishda foydalanildi (Turkiya Tikaret universitetining 2021 yil 17 sentyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar tarjima jarayonida tillarga doir milliy-madaniy xususiyatlar muammosini echishga va ularni tarjima qilish usullarini yoritib berishga, «Boburnoma» asarining xorijda o‘rganilishi hamda lingvokul`turologiya xususiyatlarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
«Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlar haqidagi ma’lumotlar hamda ularning tarjimalariga oid ilmiyy xulosalardan 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan M/UZB-KNR-2015/29 raqamli “Robei-Chip Design Platform” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalailgan (Xalq ta’limi vazirligi 2021 yil 20 sentyabrdagi 03-06/3-2595-son ma’lumotnomasi). Texnik sohalar bo‘yicha tarjimalarni amalga oshirishda, ushbu fanlarini rivojida ta’sir doirasiga ega ekanligi ushbu loyiha doirasida tayyorlangan materiallarga manba bo‘lib xizmat qilgan;
«Boburnoma» matnidagi antroponim va toponimlarning pragmatik xususiyatlari, Zahiriddin Muhammad Boburning antroponim va toponimlarni ifodalashdagi tahliliy fikr va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Mavzu» va «Taqdimot» ko‘rsatuvlarida Zahiriddin Muhammad Bobur hayotini yoritish, «Boburnoma» matni tarjimalaridagi izoh va sharhlar, tarjima matnlari haqidagi materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 21 sentyabrdagi 01-40-1571-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilgan.