Asqarova Zilola Abdumavlonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’atida ayollar obrazi», 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San85.
Ilmiy rahbar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, O‘zR FA va O‘zR BA akademigi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Masharib Saydamatovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’atida ayollar obrazini san’atshunoslik fani va gender tushunchasi nuqtai nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston san’ati tarixining tadrijiy rivojlanishida ayollar obrazi qadimgi davrlarda “ma’buda”, o‘rta asrlarda psixologik talqindan ozod bo‘lgan “malika” hamda sovet davrida “mehnatkash qatnashchi” sifatida yaratilgani aniqlangan;
mustaqillik davri rangtasvirida yaratilgan ayollar obrazining estetikasi, ichki psixologiyasi, ularning mazmuniy intonatsiyasi va uslubiy jihatlari, didaktik va optimistik kayfiyat bilan tasvirlangan sotsrealizm san’atining realistik asarlariga nisbatan tubdan o‘zgargan talqinida gender tengligining ustuvorligi isbotlangan;
mustaqillik davri yangi o‘zbek tasviriy san’atida mashhur bo‘lgan ishq hamda lirik-romantik mavzu yosh qizlar obrazining majoziy, Sharq go‘zalligi g‘oyasi kesimida umumiy gedonistik estetikaning tarkibiy qismi sifatida rassomlarning badiiy ongidagi Sharq estetikasining nozik plastikasiga bo‘lgan sodiqlik, mahalliy badiiy meros an’analari bilan bog‘liqlik hamda dunyoni gedonistik idrok qilinishini obrazli ifodalanishi ochib berilgan;
mahobatli va dastgohli haykaltaroshlikda, grafikada ayollar obrazining majoziy talqini realizm, avangard va postmodernizmga mansub ko‘nikmalar orqali yaratilganligi, ijtimoiy tarixiy, falsafiy dunyoqarashli, badiiy-estetik o‘zgarishlar, an’anaviy-realistik yo‘nalishlar bilan birga, ko‘p asrlik noyob badiiy, etnomadaniy, milliy hamda xorijiy an’analar ham o‘zlashtirilganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston zamonaviy tasviriy san’atida ayollar obrazini talqin qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mustaqillik davri rangtasvirida yaratilgan ayollar obrazining estetikasi, ichki psixologiyasi, ularning mazmuniy intonatsiyasi va uslubiy jihatlari, didaktik va optimistik kayfiyat bilan tasvirlangan sotsrealizm san’atining realistik asarlariga nisbatan tubdan o‘zgargan talqinida gender tengligining ustuvorligi mavzusidagi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida 2019 yil 15 maydan 6 iyunga qadar faoliyat yuritgan “Tasavvuf va tasvir” nomli ko‘rgazmani tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2021 yil 3 maydagi 03-09/110-647-son ma’lumotnomasi). Natijalar asosida mustaqillik davri rangtasvirida ayollar obrazi ifodalangan tasviriy san’at asarlari namoyish etilgan ko‘rgazmadagi kuratorlik faoliyati O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “Tasavvuf va tasvir” nomli ko‘rgazmani samarali tashkil etilishi hamda ko‘rgazmaning badiiy salohiyatini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zR FA San’atshunoslik institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2018 – 2020 yillarda amalga oshirilgan 599 PZ-20170928456 “XIX XXI asarlarda O‘zbekiston tasviriy va amaliy san’atida milliy o‘ziga xoslikning shakllanish jarayoni: asosiy bosqichlar, mashhur ustalar, rivojlanish muommolari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida “Mustaqillik davri yangi o‘zbek tasviriy san’atida mashhur bo‘lgan ishq hamda lirik-romantik mavzu yosh qizlar obrazining majoziy, Sharq go‘zalligi g‘oyasi kesimida umumiy gedonistik estetikaning tarkibiy qismi sifatida rassomlarning badiiy ongidagi Sharq estetikasining nozik plastikasiga bo‘lgan sodiqlik, mahalliy badiiy meros an’analari bilan bog‘liqlik hamda dunyoni gedonistik idrok qilinishini obrazli ifodalanishi ochib berilgan” mavzusidagi dissertatsiyadan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 3/1255-2497-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqillik davri rangtasvirida gender mavzusi va ayollar obrazlari ma’naviy, milliy qadriyatlarning ramziy ifodasi uyg‘unlashuvi asosida yaratilganligi, O‘zbekiston rassomlari tomonidan ayol va qizlar obrazlarining majoziy, Sharq go‘zalligi g‘oyasi kesimida talqin etilgani alohida uslubiy ijodiy yo‘nalish va badiiy tendensiya sifatida shakllanganligini asoslovchi ilmiy xulosalarning kengayishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali Mahobatli va dastgohli haykaltaroshlikda, grafikada ayollar obrazining majoziy talqini realizm, avangard va postmodernizmga mansub ko‘nikmalar orqali yaratilganligi, ijtimoiy tarixiy, falsafiy dunyoqarashli, badiiy-estetik o‘zgarishlar, an’anaviy-realistik yo‘nalishlar bilan birga, ko‘p asrlik noyob badiiy, etnomadaniy, milliy hamda xorijiy an’analar ham o‘zlashtirilganligi asoslangan materiallardan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2021 yil 24 fevraldagi 40-40-280-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy miniatyurada ayollar obrazining badiiy echimi, ularning badiiy talqini, badiiy ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar, zamonaviy miniatyura rassomlari ijodi, zamonaviy miniatyura san’ati ko‘rinishlari hamda kitobot san’atining tarixi kabi tadqiqot natijalarida keltirilgan muhim masalalar “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi orqali yoshlarni zamonaviy miniatyura san’ati to‘g‘risidagi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan.