Daminov Nabijon Abduolimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Samarqand viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalarning rivojlanish tarixi va istiqbollari (1991-2016 yy.)”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tar224.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Hamidov Hojiakbar Hamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xayitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Abdimo‘minov Oybek Bektimirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida belgilangan tarixiy-xronologik chegarada Samarqand viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalari rivojlanish tarixini va bu borada to‘plangan tajribani hamda muammolarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berish, shahar va qishloq aholisiga toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, muqobil energiya, munosib servis xizmatlarini ta’minlash, ekologiyani yaxshilash, aholiga xizmat qiladigan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va ijtimoiy sohaning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgani dalillangan;
Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarining olib borilishi natijasida  “Ulug‘bek-600” nomli  g‘allaning yangi navi, Yaponiyaning “Fudji” navli olmasi, “Akatsuki” navli shaftoli yangi navlaring yaratilganligi aniqlangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida Samarqand viloyatida sanoat mahsulotlarini etkazib berishdagi uzilishlar natijasida sanoat sohasi birmuncha og‘ir davrni boshdan kechirganligi, keyinchalik hududda qo‘shma korxonalar tashkil etilib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi respublika yalpi hududiy mahsulotida viloyat sanoatining ulushining ortishiga xizmat qilganligi dalillangan;
viloyatda turizm sohasi O‘zbekiston tarixi va bugunini keng miqyosda xorijliklarga tanishtirishga xizmat qilayotganligi, hudud tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YuNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani va Samarqand turizmning barcha yo‘nalishlarida mustahkam markazlardan biriga aylanganligi ochib berilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida Samarqand viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy aloqalarning rivojlanish tarixi va istiqbollari (1991–2016 yy.) mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Samarqand viloyatida aholiga munosib turmush sharoitini yaratib berish, shahar va qishloq aholisiga toza ichimlik suvi, tabiiy gaz, muqobil energiya, munosib servis xizmatlarini ta’minlash, ekologiyani yaxshilash, aholiga xizmat qiladigan ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va ijtimoiy sohaning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirishda xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borishning samarali tizimi yo‘lga qo‘yilgani hamda mustaqillikning dastlabki yillarida Samarqand viloyatida sanoat mahsulotlarini etkazib berishdagi uzilishlar natijasida sanoat sohasi birmuncha og‘ir davrni boshdan kechirganligi, keyinchalik hududda qo‘shma korxonalar tashkil etilib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlanishi respublika yalpi hududiy mahsulotida viloyat sanoatining ulushining ortishiga xizmat qilganligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi mustaqillik bo‘limi ekspozisiyasini yangi materiallar bilan to‘ldirishda foylananilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 01-12-10-3805-son ma’lumotnomasi). Natijada 1991-2016 yillarida Samarqand shahri va tumanlarida mustaqillikning dastlabki yillarida og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni aks ettiruvchi va ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarga oid tadqiqotchi tomonidan e’lon qilingan ilmiy maqolalari, monografiya ishlari nusxalari muzey materiallarini to‘ldirishga hamda yoshlarni vatanparvarlik, o‘tmish tarixi va ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi sohasida xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarining olib borilishi natijasida  “Ulug‘bek-600” nomli  g‘allaning yangi navi, Yaponiyaning “Fudji” navli olmasi, “Akatsuki” navli shaftoli yangi navlaring yaratilganligi hamda viloyatda turizm sohasi O‘zbekiston tarixi va bugunini keng miqyosda xorijliklarga tanishtirishga xizmat qilayotganligi, hudud tarixiy yodgorliklari 2001 yilda YuNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani va Samarqand turizmning barcha yo‘nalishlarida mustahkam markazlardan biriga aylanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 17 dekabrdagi  02-16/6117-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish, xorij sayyohlarining oqimini ko‘paytirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish