Raxmatullaeva Asalxon Gayratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta asr Sharq miniatyurasida syujet va obrazlar badiiy talqini», 17.00.08 – San’at nazariyasi va tarixi (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San61.
Ilmiy rahbar: Akilova Kamola Baltabaevna, san’atshunoslik fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, PhD.38/09.07.2020. San.119.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Madraimov Abdumajid Abduraimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta asr Sharq badiiy asarlari dostonlarga ishlangan miniatyuralardagi syujet va obrazlar badiiy talqinini O‘rta asr hamda zamonaviy miniatyurachi rassomlar ijodi asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Arab, Eron, Ozarbayjon, Hindiston, Hirot maktablariga oid diniy, badiiy va ilmiy adabiyotlarga ishlangan miniatyuralardagi syujet va obrazlardan Movarounnahr miniatyura maktabiga oid asarlarda figuralarning yirik qilib tasvirlanishi, qiyofalarning siyrakligi, rangin dog‘lar uyg‘unligidagi kompozision echimi bilan farqlanishi dalillangan;
XIV-XVII asrlarga oid Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” qo‘lyozmalariga ishlangan miniatyuralardagi syujet va obrazlar Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy va Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga ishlangan illyustratsiyalarda figuralarning yiriklashuvi, mazmunning ramzlar vositasida ifodalanishi, maishiy hayot va tabiat manzaralarini tasvirlovchi qo‘shimcha elementlar bilan takrorlanganligi aniqlangan;
Firdavsiyning “Shohnoma” qo‘lyozmalariga ishlangan syujetlar XVII asrga oid miniatyuralarda saroy a’yonlari, kanizak va xizmakorlar, askarlari va shogirdlar kabi ikkinchi darajali obrazlar bilan boyitilgani, obrazlar ruhiyatining ramzlar va dinamika orqali ifodalangan holda murakkablashib borishi Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asari miniatyuralarida ideal portretlar, Xusrav Dehlaviy “Xamsa” asariga ishlangan miniatyuralarda tasvirlarning primitivligi kabi an’anaviylik prinsiplarining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangan;
zamonaviy miniatyura san’atining lokli, devoriy surat, qog‘oz, mato va charmga ishlangan yangi turlariga xorijiy tadqiqotchilar va kolleksionerlarning qiziqishi an’anaviy syujetlarga murojaat qilish, milliy madaniy merosni saqlab qolish, targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta asr Sharq miniatyurasida syujet va obrazlar badiiy talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Arab, Eron, Ozarbayjon, Hindiston, Hirot maktablariga oid diniy, badiiy va ilmiy adabiyotlarga ishlangan miniatyuralardagi syujet va obrazlardan Movarounnahr miniatyura maktabiga oid asarlarda figuralarning yirik qilib tasvirlanishi, qiyofalarning siyrakligi, rangin dog‘lar uyg‘unligidagi kompozision echimi bilan farqlanishi dalillangani bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida tashkil etilgan “Tasavvuf va tasvir” nomli ko‘rgazma ekspozisiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2019 yil 9 iyuldagi 01-17/399-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyasidan o‘rin olgan asarlarning miniatyura maktablariga oid obraz va syujet talqinidagi badiiy xususiyatlari asoslanishiga xizmat qilgan;
Firdavsiyning “Shohnoma” qo‘lyozmalariga ishlangan syujetlar XVII asrga oid miniatyuralarda saroy a’yonlari, kanizak va xizmakorlar, askarlari va shogirdlar kabi ikkinchi darajali obrazlar bilan boyitilgani, obrazlar ruhiyatining ramzlar va dinamika orqali ifodalangan holda murakkablashib borishi Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asari miniatyuralarida ideal portretlar, Xusrav Dehlaviy “Xamsa” asariga ishlangan miniatyuralarda tasvirlarning primitivligi kabi an’anaviylik prinsiplarining vujudga kelishiga ta’sir ko‘rsatganligi isbotlangani bo‘yicha olingan natijalardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida tashkil etilgan “Tasavvuf va tasvir” nomli ko‘rgazma ekspozisiyasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2019 yil 9 iyuldagi 01-17/399-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyadan o‘rin olgan miniatyura asarlari obraz va syujetlarining zamonaviy va an’anaviy  badiiy xususiyatlari ochib berilishiga xizmat qilgan;
XIV-XVII asrlarga oid Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” qo‘lyozmalariga ishlangan miniatyuralardagi syujet va obrazlar Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy va Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoniga ishlangan illyustratsiyalarda figuralarning yiriklashuvi, mazmunning ramzlar vositasida ifodalanishi, maishiy hayot va tabiat manzaralarini tasvirlovchi qo‘shimcha elementlar bilan takrorlanganligi bo‘yicha olingan natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2019 yil 20 noyabrdagi 01-35-9408-son ma’lumotnomasi). Natijada, diniy, badiiy va ilmiy adabiyotlarga ishlangan miniatyura asarlarining mazmun-mohiyati, miniatyura maktablari va markazlarining uslubi, tasviriy echimi, koloriti, syujetlar va obrazlariga oid ma’lumotlarni ilmiy asoslanishiga xizmat qilgan;
zamonaviy miniatyura san’atining lokli, devoriy surat, qog‘oz, mato va charmga ishlangan yangi turlariga xorijiy tadqiqotchilar va kolleksionerlarning qiziqishi an’anaviy syujetlarga murojaat qilish, milliy madaniy merosni saqlab qolish, targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etayotganligi  asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2019 yil 20 noyabrdagi 01-35-9408-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvda zamonaviy miniatyura san’atini targ‘ib qilishda syujet va obrazlarning talqini masalalari ochib berilishiga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish