Davlatov Nodirjon Xayrullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Quljuqtov tog‘larining devon konodontalari va biostratigrafiyasi (O‘zbekiston)», 04.00.05 – Paleontologiya va stratigrafiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/GM46.
Ilmiy rahbar: Abduazimova Zoya Mussaevna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti huzuridagi DSc.24/30.12.2019.GM.41.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Sultonboy Tuxtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Izox Nadejda Georgievna, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geologik-s’yomka, qidiruv ishlari va bashorat-metallogenik tuzilmalar uchun ilmiy asos sifatida Kuljuktov tog‘lari devon sistemasi karbonat va kremniy-karbonat yotqiziqlarini tabaqalash va korrelyasiya qilishning biostratigrafik asoslangan sxemasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor regionning geologik tuzilishi haqidagi yangi tushunchalar asosida konodontalarning devon davri svitalari kesimlarining blok-burmali va tangachasimon-burmali tuzilishi hamda ularni tabaqalash-ni deshifrovka qilishdagi muhim roli aniqlangan;
tektonik harakatlar natijasida buzilgan kesimlarda topilgan konodontalar bo‘yicha ilk bor devon yotqiziqlarini tabaqalashning va turli fatsiyali bir xil yoshdagi svitalarni korrelyasiya qilishning yuqori darajada aniqligini va stratigrafik ketma-ketligi ishonchliligini ta’minlashi isbotlangan;
Kuljuktov tog‘i devon yotqiziqlarining muhim stratigrafik sxemasi ishlab chiqildi, unda stratigrafik ketma-ketlikda tiklangan mahalliy stratigrafik birliklar kesimlari Regional va Xalqaro shkala konodonta standartining biozonasi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
Kuljuktov tog‘i devon yotqiziqlaridagi konodontalarning 28 turi birinchi marta monografik tarzda ta’riflanib, ularning 11 avlodga tegish-liligi, hamda jinslar yoshi va taksonomik mansubligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kuljuktov tog‘i devon konodontalari va biostratigrafiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar aso-sida:
devon yotqiziqlari stratigrafiyasining yangi biostratigrafik ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan sxemasi “Qizilqumgeologiya” AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 14 apreldagi 05-24-son  ma’lumotnomasi). Natijada, Kuljuktov tog‘i regionida devon davridagi sedimentatsion havzaning geologik rivojlanish xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
devon yotqiziqlarini buzilgan, intensiv dislokatsiyalangan kesimlari-ning tuzilish modeli “Qizilqumgeologiya” AJda amaliyotga joriy kilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 14 apreldagi 05-24-son  ma’lumotnomasi). Natijada, Kuljuktov tog‘larida tektonikaning blok va qoplama-burmali tabiatini o‘rnatish imkonini bergan;
murakkab xaritalangan devon yotqi-ziqlari va ularning mahalliy birliklarining stratigrafik va struktura-viy holatining qayta tiklangan modeli “Qizilqumgeologiya” AJda amaliyotga joriy kilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2021 yil 14 apreldagi 05-24-son  ma’lumotnomasi).  Natijada, foydali komponentlar konsentratsiyasining eng istiqbolli darajasini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish