Gazieva Aziza Sunnatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qator 3d–metallarining polifunksional karbon kislotalari bilan aralash ligandli komplekslari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K297.
Ilmiy rahbar: Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodullaeva Mavjuda Ibodulloevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qator 3d-metallarining polifunksional karbon kislotalari bilan aralashligandli komplekslarini sintez qilish va biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Co, Ni, Cu, Zn va VO (II) larning 43 ta yangi V3, V5 vitaminlari, ularning hosilalari va izomerlari hamda yantar, glutar, salisil, xinal`din kislotalari bilan aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintez qilingan;
IQ, kvant-kimyoviy hisoblashlar, elektron spektroskopiyasi va termik tahlil usullari asosida 3- va 4-piridinmonokarbon, pantoten, gomopantoten kislotalarni avval ma’lum bo‘lmagan kompleks hosil qiluvchi metallga svitter-ion holda koordinatsiyalanishi aniqlangan;
ilk bor kompleks birikmalarda izomer piridinmonokarbon kislotalar ikki usulda: β-izomer monodentat svitter-ion holda karboksilato guruh kislorodi orqali, γ-izomer esa molekulyar holda piridindagi azot atomi orqali metallga koordinatsiyalanishi aniqlangan;
ilk bor Zn (II) ning yantar va gomopantoten kislotalari bilan kompleks birikmasi kam zaharli birikmalar sinfiga kirishi, hamda uni tibbiyot amaliyotida shamollashga va gipoksiyaga qarshi dori vositasi sifatida qo‘llash mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qator 3d-metallarining polifunksional karbon kislotalari bilan aralash ligandli komplekslarini sintezi, tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Sinkant” kompleks birikmasining o‘tkir zaharlilik hususiyati Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazining farmako-tokiskologiya bo‘limida o‘rganilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 08 iyundagi №08-04-5544-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Sinkant” birikmasining kam zaharli birikmalar sinfiga kirishi ma’lum bo‘lgan va uni dori vositasi sifatida qo‘llash imkonini bergan.
“Sinkant” birikmasining gipoksiyaga qarshi hususiyati Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazining farmako-tokiskologiya bo‘limida o‘rganilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 08 iyundagi №08-04-5544-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Sinkant” kompleksini gipoksiyaga qarshi samarali dori vositasi sifatida qo‘llash imkonini bergan.
“Sinkant” kompleksining shamollashga qarshi hususiyati Dori vositalarini standartlash Ilmiy Markazining farmako-tokiskologiya bo‘limida o‘rganilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 08 iyundagi №08-04-5544-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Sinkant” birikmasini shamollashga qarshi samarali dori vositasi sifatida qo‘llash imkonini bergan.
sintez qilingan kompleks birikmalardan A-7-46 raqamli "Kaolin, fosfogips, ko‘mir asosidagi kompozitli nanosorbentlarni yaratish orqali chiqindilarni qayta ishlash" mavzusidagi amaliy loyihada nanosorbentlarni sintez qilish jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5566-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompleks xossali nanosorbentlar olish imkonini bergan.