Sayt test rejimida ishlamoqda

Mirvaliev Zoid Zohidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polimer materiallari uchun resurstejamkor, ekologik xavfsiz kimyoviy qo‘shimchalar ishlab chiqish, ularning olinish texnologiyasi va qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/T452.
Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Bahodir Fahriddinnovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer materiallarida qo‘llaniladigan stabilizator-antioksidant va to‘ldiruvchilar sifatida resurstejamkor, ekologik xavfsiz  kimyoviy qo‘shimchalarning texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gossipol azometinlar misolida keng doiradagi polimerlarda termooksidlanish stabilizatsiyasining ilmiy yondashuvini inobatga olgan holda, gossipoldagi azometin guruhlarining ingibirlash ta’sir mexanizmi aniqlangan;
poliolefin sistemalarida termooksidlanish destruksiyasiga gossipol gidroksil guruhlarining ingibirlash faolligini belgilaydigan qiyosiy tahlilning sifat va miqdoriy ko‘rsatgichlari aniqlangan;
polimerlarning termooksidlanish destruksiya jarayonida gossipol azometinlarining kinetik qonuniyatlari va ingibirlash mexanizmi va ingibirlash faolligi gossipol azometin o‘rindosh amin guruhlari hisobiga sodir bo‘lishi isbotlangan;
polifunksional ta’sirga ega ikkilamchi texnolik resurslardan foydalangan holda polimer materiallariga stabilizator-antioksidant sifatida resurstejamkor va ekologik havfsiz kimyoviy qo‘shimchalarni ishlab chiqishning optimal sharoit aniqlangan;
kimyoviy qo‘shimchalarning turi va tarkibini polimer (elastomer) materiallarining ekspluatatsion va maxsus xususiyatlarini (oksidlanishning induksion davri, termik va termooksidlanishdagi degidrogalogenlanish tezligi va boshqalar) texnologik xususiyatlariga bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan;
ilk bor termoplastlar hamda elastomerlar termostabilizatsiyasida sintez qilingan  va sanoatdagi klassik stabilizator – antioksidantlarning aralashmasi asosida sinergik ta’sirning faolligini namoyon qiluvchi ingibirlash jarayoni mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer materiallari uchun polifunksional kimyoviy qo‘shimchalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PVX kanalizatsiya quvurlarini ishlab chiqarish uchun texnik shart O‘zbekiston ilmiy – sinov va sifat nazorati markazi «UzTest» tomonidan tasdiqlangan (TSh 46-149267741-01.2005). Mazkur texnik shart mahsulotning sifati va texnologik jarayonni nazorat qilish imkonini bergan;
«Elektr kabel ximoya qoplamalari uchun antikorrozion kompaund»ga Rossiya Federatsiyasi Rospatent Intellektual mulk bo‘yicha Federal xizmatining ixtiroga patenti olingan (RU №2296788). Natijada, kabellar tayyorlashda antikorrozion ximoya qoplamasi sifatida qo‘llaniladigan antikorrozion kompaundlarni ishlab chiqarish  turlarini kengaytirish imkonini bergan;
polifunksional oligomer kimyoviy qo‘shimchalari «Birinchi rezina zavodi»da rezinatexnika mahsulotlari resepturasi tarkibiga kiritishda joriy etilgan («Birinchi rezina zavodi»ning 2021 yil10 dekabrdagi 07-221830-son ma’lumotnomasi). Natijada, lokalizatsiya dasturi doirasida mahalliy xomashyolar asosida rezina qorishmalari uchun ingredientlar ishlab chiqish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan ko‘p maqsadli samarali kimyoviy qo‘shimchalarni polimer materiallari (PVX) Shurtan GKMning «Qarshitermoplast» korxonasi mahsulotlari resepturasi tarkibida amaliyotga joriy etilgan («Shurtan GKM»ning 2021yil 26 iyuldagi 15UM-054/178-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p tonnajli texnogen mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilish orqali polimer materiallari uchun resurstejamkor va ekologik xavfsiz kimyoviy qo‘shimchalar ishlab chiqish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish