Cho‘ponov San’at Otanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada innovatsion xizmatlar turlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (ta’lim va dasturlash xizmatlari bo‘yicha)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1661.
Ilmiy rahbar: Tangribergan Doschanov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Phd.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi.
Mintaqada innovatsion xizmatlar va ulardan ta’lim, dasturlash turlarini hamda ular eksportini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
xizmatlar innovatsion turlarini rivojlantirishning sub’ektlari faoliyatini manzilli moliyalashtirishda raqamli iqtisodiyotga asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
ta’lim va dasturlash xizmatlari rivojlanishining ekzogen va endogen omillarini sotsiologik so‘rovnoma asosida tahlil qilish orqali mintaqa innovatsion xizmatlar turlari sifat ko‘rsatkichlarining natijaviy omillarini logit va probit modellari asosida baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;
mintaqada ta’lim va dasturlash xizmatlari ko‘rsatish sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida innovatsion xizmatlar xalqaro savdosini rivojlantirishning maqsad - vazifa - vositalarni tizimli amalga oshiruvchi konseptual modeli ishlab chiqilgan;
mintaqada innovatsion ta’lim va dasturlash xizmatlari rivojlanishining ekonometrik modellar asosida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqada innovatsion xizmatlar va bunda ta’lim va dasturlash xizmatlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmatlar innovatsion turlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi raqamli iqtisodiyot tamoyillarini hisobga olgan holda takomillashtirish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8241 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi innovatsion xizmatlar turlarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini aniqlab bergan;
ta’lim va dasturlash xizmatlari rivojlanishining ekzogen va endogen omillarini sotsiologik so‘rovnoma asosida tahlil qilish orqali mintaqa innovatsion xizmatlar turlari tavsifini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8241 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida kelajakda innovatsion ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishidagi sifat ko‘rsatkichlari ehtimolligini 98,9% gacha, dasturlash xizmatlari faoliyati samaradorligini 91,9% gacha oshirish mumkinligi asoslab berilgan;
mintaqada innovatsion ta’lim va dasturlash xizmatlari rivojlanishining ekonometrik modellar asosida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8241 sonli ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi 2025 yilga borib ta’lim xizmatlari real hajmini 1,5 barobar, dasturlash xizmatlarini 2,4 barobarga oshirish prognozlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mintaqada ta’lim va dasturlash xizmatlari ko‘rsatish sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida innovatsion xizmatlar xalqaro savdosini rivojlantirishning konseptual modelini ishlab chiqish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021 yil 6 oktyabrdagi 11/03-15-8241 sonli ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy qilinishi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi hamda “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan hududiy chora-tadbirlarini amalga oshirishda qo‘shimcha imkoniyatlarini ochib bergan.