Sayt test rejimida ishlamoqda

Xolmurotov Fozil Saribaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini optimal tartibga solish usullari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va ctatictika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1863.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi Urganch davlat universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar Boyxonov Baxodir Tursunboevich, iqticodiyot fanlari doktori; Sauxanov Janibek Qazievich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini optimal tartibga solish usullarini aniqlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarishi rivojlanishida unga ta’sir qiluvchi muhim bo‘lgan ichki va tashqi omillar guruhlari GI – o‘sish indeksi, LI – yorug‘lik indeksi; TI – harorat ideksi; MI – havoning nisbiy namligi indekslari asosida rentabellikni ta’minlovchi ekstensiv va intensiv usullari takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarishi rivojlanish jarayonlariga, mahsulot etishtirish hajmiga, hosildorlikka ta’sir qiluvchi omilar ta’sirini SOYGRO, GLYCIM va SOYMOD dinamik simulyasiya modellari asosida mahsulotning har qanday bosqichidagi holatini raqamli qiymatlarini baholash usuli ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarish hajmining rivojlanishini optimal tartibga solishda mavjud resurslar va salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga asoslangan kompleks sonli o‘zgaruvchili modellari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarishi rivojlanishining  istiqboldagi 2022-2025 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishini optimal tartibga solish usullarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarishi rivojlanishida unga ta’sir qiluvchi muhim bo‘lgan ichki va tashqi omillar guruhlari GI – o‘sish indeksi, LI – yorug‘lik indeksi; TI – harorat ideksi; MI – havoning nisbiy namligi indekslari asosida rentabellikni ta’minlovchi ekstensiv va intensiv usullari bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 05/032-3639-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish jarayonlari bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarishi rivojlanish jarayonlariga, mahsulot etishtirish hajmiga,  hosildorlikka  ta’sir qiluvchi omilar ta’sirini SOYGRO, GLYCIM va SOYMOD dinamik simulyasiya modellari asosida mahsulotning har qanday bosqichidagi holatini raqamli qiymatlarini baholash usullari bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 05/032-3639-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishda barqaror rivojlanishini ta’minlash yo‘nalishlarini belgilashda foydalanish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulot ishlab chiqarish hajmining rivojlanishini optimal tartibga solishda mavjud resurslar va salohiyatdan maksimal darajada foydalanishga asoslangan kompleks sonli o‘zgaruvchili modellarini ishlab chiqish  taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 05/032-3639-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mavsumiy tebranishlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib Xorazm viloyatida etishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining real qiymati 2025 yilga kelib 1,16 barobarga oshishi ta’minlanadi;
qishloq xo‘jaligi, xususan dehqonchilik va chorvachilikda mahsulot ishlab chiqarishning istiqboldagi 2021–2025 yillarga prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 7 sentyabrdagi 05/032-3639-son ma’lumotnomasi). Natijada, prognoz  natijalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish