Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxmudova Aziza Pirmamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Marketing tadqiqotlaridan foydalanish asosida ekoturizm samaradorligini oshirish”, 08.00.11 – Marketing, 08.00.17- Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1863.
Ilmiy maslahatchi: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Navro‘z-zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: marketing tadqiqotlari negizida ekoturizm samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlarni turistik salohiyat tarkibiga jalb qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«turizm» tushunchasining mohiyati iqtisodiy daromadlar taqsimoti va daromadlilik segmentlarini yaratish, «ekoturizm» tushunchasining mohiyati “sayyohlik, madaniyat va ekologiya” o‘zaro bog‘liqligi jarayonida himoyalangan ekologik hududda rivojlanib, uni saqlashga yo‘naltirilganligi kabi omillarnii e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hudud va geopark (hudud)lar faoliyati samaradorligining marketing strategiyasi geoaxborot tizimi negizida hududlarda davlat kadastri talablari, hudud tarkibiga kiruvchi salohiyatli tabiiy resurslar va biologik xilma-xillikning maqsadli parametrlari va iqtisodiy natijaviylik asosida takomillashtirilgan;
«Kitob», «Baday-To‘qay», «Zarafshon» va «Hisor» davlat qo‘riqxonalarini differensiatsiyalashgan marketing strategiyasi negizida rivojlantirish hamda ekologik turmahsulotlar tarkibini ularning faunasi va florasi bilan takomillashtirgan holda iste’molchilarni keng miqyosda jalb qilish asoslab berilgan;
yuqori turizm salohiyatiga ega bo‘lgan qishloqlarning ekologik turizm yo‘nalishlari Mironko‘l qishlog‘i misolida ishlab chiqilib, ularni «turizm qishlog‘i» maqomi milliy reestriga kiritish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Marketing tadqiqotlari negizida ekoturizm samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlarni turistik salohiyat tarkibiga jalb qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«turizm» va «ekoturizm» tushunchalarining mohiyatining takomillashgan ta’riflari bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan «Turizmda mehmonxona xizmatlari» o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-son buyrug‘i, 1023-081 raqamli guvohnoma). Natijada turizm va ekoturizmning mohiyatini kengroq tushunish orqali uni tashkil etishning samarali yo‘nalishlari to‘g‘risida talabalarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniga erishilgan;
alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hudud va geopark (hudud)lar faoliyati samaradorligining takomillashgan marketing strategiyasi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida joriy etilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining  2020 yil 22 iyundagi 03-09/4479-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish  biologik xilma-xillikning davlat monitoringi o‘tkazishga va davlat kadastrining yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratishga xizmat qilgan;
«Kitob», «Baday-To‘qay», «Zarafshon» va «Hisor» davlat qo‘riqxonalarini differensiatsiyalashgan marketing strategiyasi negizida rivojlantirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi 03-09/4479-son ma’lumotnomasi). Mazkur davlat qo‘riqxonalarini marketing strategiyasi negizida istiqbolda rivojlantirish hududlarning fauna va florasi bilan yaqindan tanishish imkonini beruvchi betakror ekologik turmahsulotlarni taqdim etish imtkoniyatlarini kengaytirish negizida turiste’molchilar sonini keskin oshirish imkonini bergan;
qishloqlarning ekologik va rekreatsion turizm uchun turistik yo‘nalishlari va ularga «turizm qishlog‘i» maqomini berish bo‘yicha takliflardan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida hamda turizmni rivojlantirishning 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi-ning 2020 yil 22 iyundagi 03-09/4479-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida qishloqlarning turistik, jumladan ekoturistik salohiyatidan samarali foydalanishga va mehnat resurslari bandligini oshirishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan;
iqtisodiyotga ekoturizmning bilvosita ta’sirini va ekologik turistlarning jamlanma xarajatlarini hisobga olgan xolda makro masshtabida ekoturizmning mul`tiplikativ samarasini hisoblash hamda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish hisobiga ekoturizm samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 iyundagi 03-09/4479-son ma’lumotnomasi). Takliflardan foydalanish ekoturizmdan olingan daromad zanjir reaksiyasini vujudga kelishini, bir ekoturistdan olingan daromad uning ekoturistik destinatsiyada tovar va xizmatlarni xarid qilishi bilan bog‘liq xarajatlarini aniq baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish