Sayt test rejimida ishlamoqda

Yusupova Nargiza Rustamjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olam lisoniy manzarasida «miqdor» konseptining o‘rni”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil 185.      
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Noiba Saydaminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abduvaliev Muhammadjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi «miqdor» konseptining turli madaniy modellardagi strukturasi, universal va differensial mazmun-mohiyati hamda zamonaviy diskurslardagi o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
miqdorning publisistik va so‘zlashuv diskurslarida rus tilida leksemaning denotatativ, ingliz va o‘zbek tillarida yakkalik, ob’ektni o‘ziga o‘xshaganlar sirasidan ajratish hamda noaniqlik kabi ma’nolari «miqdor» konseptining obrazli va qadriyatli mazmunni yuzaga chiqarishi ochib berilgan;
o‘zbek, rus, ingliz tillarida miqdor kvantifikatorlarining katta qismi matematik bilimlar doirasidan chiqib, ijtimoiy-madaniy realiyalarni nomlash vositasiga aylanganligi, o‘z zimmasiga qo‘shimcha assotsiativ ma’nolarni olganligi, asosiy va assotsiativ sathlarning shakllanishida ishtirok etishi ochib berilgan;
kundalik so‘zlashuv diskursida “miqdor” konsepti muloqot tematikasi reallashuvidagi ayrim farqlar rus muloqotida  moddiy, moliyaviy masalalar, daromad, oylik ish haqi hajmi etarlicha ochiq muhokama qilinishi, inglizzabon diskursda esa ushbu mavzu ko‘tarilmasligi, o‘zbeklar uchun umumlashtiruvchi ifodalar etakchiligi, ko‘plik va paukallik kvantifikatorlari o‘z miqdor ma’nosini to‘liq yo‘qotishi mumkinligi relevatsiyasida muhim o‘rin tutishi isbotlangan;
turli madaniyatlarda grammatik sondan farqli ravishda birlik, ikkilik, paukallik va ko‘plik konsepti mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Olam lisoniy manzarasida «miqdor» konseptining o‘rnini ilmiy tadqiq etish asosida:
turli tillarda «miqdor» konseptining obrazli va qadriyatli mazmunni yuzaga chiqarishi xusisidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gummanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi amaliy ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi 2021 yil 17 sentyabrdagi 17.01/228-son ma’lumotnomasi). Natijada turli madaniyatlarda naql-maqollar lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida grammatik sondan farqli ravishda o‘rganilganda birlik, ikkilik, paukallik va ko‘plik konsepti mavjudligi aniqlangan;
turli tillardagi ifodalar ko‘plik va paukallik kvantifikatorlari miqdor ma’nosining relevatsiyasi xususidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gummanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 28 sentyabrdagi 17.01/239-son ma’lumotnomasi). Natijada turli madaniyatlarda funksional so‘z yasalishi lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida «miqdor» konseptining obrazli va qadriyatli mazmun-mohiyati ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi grammatik son hamda birlik, ikkilik, paukallik va ko‘plik konsepti haqidagi aniqlangan yangiliklardan 2020-2021 yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshshittirishlar” maharririyatining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va tarraqiyot”, “Millat va ma’naviyat” ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 7 iyundagi 04-25-964-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy-madaniy konseptlar qatori «miqdor» konsepti turli diskurslar doirasida o‘rganish, uning publisistik  va so‘zlashuv diskurslarida aks etish masalalarini kiyosiy o‘rganish takomillashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish