Fayzullaeva Nodira Nayimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston tarixiy shahar markazlarida turar-joylarni saqlash va qayta tiklash usullari (Buxoro shahri misolida)» 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/A55.
Ilmiy rahbar: Salimov Arif Muslimovich, arxitektura fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Aminjonovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Gil`manova Nafisa Valiaxmetovna, arxitektura bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tarixiy shahar markazlarida joylashgan turar-joy binolarini saqlash, qayta tiklash usullarini takomillashtirish va modernizatsiya qilish borasida tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro tarixiy shahar markazidagi turar-joylarning o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradigan xonai tobustoni (mehmonxona), xonai zimistoni (qishki xona), madon, nim-ayvon, tagxona, hovli, ko‘kalam kabi asosiy tarkibiy qismlari mavjudligi aniqlangan;
tarixiy turar-joylarni saqlash va qayta tiklash loyihalarini bajarishda Islom falsafasini qo‘llash hamda asosiy tarkibiy qismlarni turar-joy tarhining negizi sifatida foydalanish taklif etilgan;
Buxoro tarixiy shahar markazidagi turar-joylarning ayrim jihatlarining shakllanishida Islom falsafasining o‘rni ochib berilib, ular turar-joyning erkaklar va ayollar qismlariga bo‘linishida, konstruksiya va badiiy bezak detallarining sonida (tom yopmada bolorlar soni, yashash xonalarida eshik va derazalar soni, tokchalarda tokchabandonlar (kosamon) soni, yashash xonalarining devorlarida tokchalar soni), xonalarning deraza va eshigini joylashtirishda, tarh echimida, hajmiy-fazoviy echimda, tarz va ichki muhitni badiiy bezatilishida o‘z aksini topganligi ochib berilgan;
tarixiy shahar markazida Buxoro an’anaviy turar-joylarining hajmiy-fazoviy, badiiy echimlari saqlab qolingan II kategoriyaga tegishli turar-joylarning 22 tasi aniqlangan va ular davlat muhofazasiga olinib, sayyohlik marshrutiga kiritish taklifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston tarixiy shahar markazlarida turar-joylarni saqlash va qayta tiklash usullari (Buxoro shahri misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro tarixiy shahar markazida joylashgan 150 ta tarixiy turar-joylar manzilli o‘rganilgan, 60 dan ortiq turar-joyda o‘lchov ishlari olib borilgan, o‘rganilgan tarixiy turar-joylarning konstruktiv va badiiy holatiga qarab kategoriyalarga ajratilgan va har-bir kategoriyadagi turar-joy uchun saqlash va qayta tiklash usullari yuzasidan olingan xulosalardan Madaniy meros departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining 2021 yil 24 iyundagi 01-01/1153-son ma’lumotnomasi). Natijada, 22 ta uy-muzey sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan tarixiy uylar davlat muhofazasiga kiritish taklifi berilgan va ularni sayyohlik marshrutiga kiritish loyihasi ishlab chiqilgan;
Buxoro tarixiy shahar markazida joylashgan tarixiy turar-joylarni saqlash va qayta tiklash asoslari (Buxoro tarixiy markaz aholisining sotsial-demografik tarkibini saqlab qolish, islom falsafasiga asoslanish, tabiat va ob-havo sharoitidan foydalanish, an’anaviy qurilish usullarini qo‘llash, an’anaviy va zamonaviy qurilish ashyolarini kompleks ishlatish) takomillashtirilgan, tarixiy turar-joyning asosiy kompozision qismlari (mehmonxona – “xonai kalon”, qishki xona – “xonai zimistoni”, madon – mehmonxona tarkibidagi yordamchi xona, tagxona – mehmonxona ostidagi omborxona, nim-ayvon, hovli, ko‘kalam) aniqlangan, ushbu qayta tiklash asoslari va kompozisiya elementlari amaliyotchi arxitektorlarga tarixiy shaharda yangi turar-joylarni loyihalashda metodologik ahamiyatga ega kabi xulosalardanMadaniy meros departamenti faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining 2020 yil 28 sentyabrdagi 01-02-FJ/600-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro shahar Xo‘ja Porso ko‘chasi 6 uy, X.Ibodov ko‘chasi 37 uy manzilidagi tarixiy uylarning regeniratsiya va restavratsiya loyihasi ishlab chiqilgan;
Buxoro tarixiy shahar markazida joylashgan tarixiy turar-joylar arxitekturasining shakllanishida Islom dini falsafasining o‘rni ochib berilganligi, tarixiy turar-joylarni saqlash va qayta tiklashda Islom falsafasiga asoslanishni tamoyil sifatida foydalanish zarurligi isbotlab berilganligi, Islom dinining turar-joy arxitekturasiga ta’siri yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2021 yil 12 iyuldagi 399/21-son ma’lumotnomasi). Natijalar Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozisiyasini takomillashtirishda, shuningdek kelajakda ilmiy izlanuvchi xodimlar uchun mavzuga oid matnlarni, fotolavhalarni tayyorlash va tarixiy binolarni modellashtirishga xizmat qilgan.