Sayt test rejimida ishlamoqda

Dedaxanov Baxodirning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Farg‘ona vodiysi arxitekturasining qadimgi va boshlang‘ich o‘rta asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari», 18.00.01–Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/A31.
Ilmiy rahbar: Nurmuxamedova Shoira Zoxidovna, arxitektura fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Aminjanovna, arxitektura fanlari doktori, professor; Matbabaev Boqijon Xoshimovich, tarix fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qadimgi va ilk o‘rta asrlardagi Farg‘ona vodiysi arxitekturasini kompleks tarzda ochib berish, hududning shaharsozlik jihatdan rivojlanishi, yodgorliklarning kompozision tuzilishini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘onada ilk shaharsozlik madaniyati miloddan avvalgi XII-VII asrlarda Chust hududida shakllanganligi arxeologik manbalar asosida dalillangan;
Chust davrida Farg‘ona me’morchiligi qonuniyatlari bosqichma-bosqich shakllanishiga hududning qulay iqlim sharoiti, irrigatsiya tizimi, mahalliy qurilish ashyolari asosiy omil bo‘lib xizmat qilganligi aniqlangan;
Qadimgi Farg‘ona turar-uy arxitekturasi Eylaton davrida loy-tuproqli paxsadan qurilganligi, uzun va tor xonalar tipologiyasiga ega erusti qurilmalari mavjudligi aniqlangan;
Farg‘ona vodiysidagi an’anaviy shaharsozlik bazasida turizmni rivojlantirishga qaratilgan tarixiy Qoradaryo shahri, Chilxujra shahridagi Olov ibodatxonasi, Marg‘ilondagi Qizlartepa diniy markaz inshoot yodgorliklarining grafik rekonstruksiya loyiha takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysining qadimgi va boshlang‘ich o‘rta asrlar davridagi me’morchilik rivojlanishining o‘ziga xos hususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Farg‘ona vodiysida bronza davridan to ilk o‘rta asrlarga tegishli madaniy va arxeologik meros ob’eklarini to‘liq qamrab olgan, shuningdek eng qadimgi shaharlar Shuroboshat, Qoradaryo va olov ibodatxonalarining grafik rekonstruksiya taklif loyihalari bo‘yicha olingan natijalar O‘zR Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 25 martdagi 01-01-6M/375-son dalolatnomasi). Natijada muallif tomonidan Farg‘ona vodiysi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar ta’mirlash sohasida loyixalarni bajarishda va oliy ta’lim muassasalari talabalariga ta’lim berishda keng foydalanish imkonini bergan;
an’anaviy shaharsozlik bazasida turizmni rivojlantirish, Farg‘ona viloyatidagi qadimgi va ilk o‘rta asrlardagi bino va inshootlarning me’moriy kompozision echimlari, harbiy, fuqarolik va diniy inshootlarning asosiy turlarini rivojlantirish va o‘ziga xos xususiyatlarini hamda kelib chiqish manbaalari yuzasidan olingan xulosalardan Turizm va sport vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 8 oktyabrdagi 03-17-02/8450-son ma’lumotnomasi). Natijada, vodiydagi mahalliy qurilish ashyolari va konstruksiyalari, inshootlarning  hajmiy-rejaviy echimlari ochib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish