Usenova Gulmira Abillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mother/Ana» konsepti identifikatorlarining lingvomadaniy xususiyatlari (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)»: 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil609.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Al`niyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori; Yuldashev Akmal` G‘ulomjonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillaridagi «Mother/Ona» konsept identifikatorlarining lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qiyoslanayotgan madaniyatlardagi «Mother/Ana» konseptining lisoniy va madaniy voqelantirilish holatlari, lisoniy birliklar verballashuvi, konsept identifikatorlarining lingvistik va milliy olam manzarasi xususiyatlari antropotsentrik nuqtai nazardan  takomillashtirilgan; 
ingliz va qoraqalpoq tillarida «Mother/Ana» konsept identifikatorlarining leksik, frazeologik va paremiologik sathlardagi lisoniy verballashuvi isbotlanib, leksik-semantik nuqtai nazardan allomorf hamda morfologik, lisoniy-madaniy nuqtai nazardan universal va milliy o‘ziga xos komponentlarning izomorf xususiyatlari aniqlangan;
qoraqalpoq milliy madaniyatida onaning fidokor, kuchli ayol, mehribonlik, quvonch manbai sifatidagi ijobiy obrazlarining salmoqdorligi, ingliz madaniyatida esa ijobiy obrazlar bilan birgalikda o‘gay ona, onaning bolaga befarqligi, bolalarini tashlab ketgan ona kabi ko‘plab salbiy obrazlari mavjudligi dalillangan; 
«Mother/Ana» konsept identifikatorlari ingliz va qoraqalpoq tillarida ona obrazining hulq-atvorini aks ettiruvchi emotsional holati imo-ishoralarni tasvirlashda bir so‘zli ekvivalent bo‘lgan sukut, kulgu, nafas, yig‘i, hafa bo‘lish, hayratlanish kabi noverbal kommunikativ birliklarining jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillarida «Mother/Ana» konsepti identifikatorlarining lingvomadaniy hususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida: 
qoraqalpoq tilidagi “Ana” konsepti identifikatorlarining lingvomadaniy aspektlarini mavzuviy guruhlarga ajratish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 fevraldagi 29/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi «Ana» konsepti identifikatorlarini tavsiflovchi leksik birliklar, frazeologizmlar va paremiyalar lingvomadaniy aspektda tadqiq qilishda manba sifatida asos bo‘lgan;
ingliz va turkiy xalqlar og‘zaki ijodi, asosan, ingliz va qoraqalpoq folklorida ona obrazini tasvirlashda paremiya (maqol) janri, shuningdek, qoraqalpoq shoir va adiblar asarlarida «Ana» obrazi yorqin tasvirlanishi bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ingliz va qoraqalpoq xalqlari og‘zaki ijodi, asosan, ingliz va qoraqalpoq folklorida ona obrazini tasvirlashda maqol janri bo‘yicha ko‘rgazma va ekskursiya jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 15 martdagi 2-03/540-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va qoraqalpoq madaniyatida “Mother/Ana” konseptini tavsiflovchi o‘ziga xos milliy madaniy xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi badiiy asar va she’rlar diskursi shaklida «Mother/Ana» konsept identifikatorlarining lingvomadaniy mazmuniga oid taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Qayirli taӊ» eshittirishi orqali badiiy adabiyotga qiziquvchi keng ommaga tatbiq etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 fevraldagi 01-02/77-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik e’tiboriga ona obrazini, uning oiladagi va jamiyatdagi rolini har xil tushunilishi sababli o‘zaro farqlanishini, badiiy va she’riy asarlarda ona obrazi madaniy-shaxsiy hodisa sifatida qo‘llanilib, uning oilaviy va ijtimoiy hayotda katta ahamiyatga ega ekanligini singdirish imkoniyati vujudga kelgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish