Jumamuratova Ramiza Adilmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpoq va ingliz tillaridagi leksik-frazeologik lakunalar tadqiqi (chog‘ishtirma aspekt), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1620.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Abdimurod Eshonkulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Palo‘anova Xalifa Dar`yabaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi lakunarlik hodisasining tilshunoslikda va tarjimashunoslikda o‘rnini va rolini aniqlash hamda lakunalarni qoraqalpoq va ingliz tillarida qiyosiy-chog‘ishtirma planda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq va ingliz tillarida leksik va frazeologik lakunalarga xos ligvamadaniyat sohiblari tomonidan to‘liq tushunilmaydigan milliy-madaniy, baholash semantikali va funkional-stilistik xususiyatlari ochib berilgan;
leksik va frazeologik lakunalarning chog‘ishtirilayotgan tillarga oid moddiy va madaniy kabi etnografik, emotsional holatni yoki so‘zlovchining munosabatini ifodalovchi psixologik, imo-ishora kabi noverbal va sezuvchanlik kabi kinesik xususiyatlari ochib berilgan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarga xos baholash semantikali rostgo‘ylik, to‘g‘ri so‘zlik, dangallik, ko‘ngli ochiqlik va samimiylik kabi frazeo-semantik mavjud bo‘lgan lakunarlik hodisasi isbotlangan;
turli til tizimiga mansub bo‘lgan ikki til doirasida leksik va frazeologik lakunalarning sevgi, baxt, quvonch, xursandchilik, qo‘rqinch, hayajon, nafrat kabi emotiv xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi leksik-frazeologik lakunalar tadqiqini chog‘ishtirma aspektda o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
qoraqalpoq va ingliz tillarida leksik va frazeologik lakunalarga xos milliy-madaniy, semantik va stilistik xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot ishini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 10 fevraldagi 29/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq va ingliz tillaridagi leksik-frazeologik lakunalarni lingvomadaniy aspektda tadqiq qilishda manba sifatida asos bo‘lgan;
qoraqalpoq va ingliz xalqlari og‘zaki ijodi, asosan, qoraqalpoq va ingliz folklorida leksik lakunalarning tasvirlanishi bo‘yicha ilmiy- amaliy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko‘rgazma va ekskurs jarayonlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 15 martdagi 2-03/540-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchi mehmonlarga milliy koloritni, qoraqalpoq tilidagi leksik-frazeologik lakunalarni ijtimoy-madaniy hayot tarzida qo‘llashni, lakunarlik fenomeninig qoraqalpoq madaniyatida va tarjimashunoslikda muhim ahamiyat kasb etuvchi sifatlarini ko‘rsatishda samarali foydalanilgan;
qoraqalpoq va ingliz tillaridagi leksik-frazeologik lakunalarni umumlashtirish asnosida olingan nazariy xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Xabar» axborot tahliliy bosh muharririyati tomonidan tayyorlanadigan informatsion teledasturida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 7 sentyabrdagi 01-02/169-son ma`lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvlarda tayyorlangan materiallar nisbatan takomillashtirilgan, ilmiy-ommabop ko‘rsatuvlarning mazmun-mohiyati yangi tushuncha va qarashlar bilan boyitilgan;