Mukumova Feruza Xudoyqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1220.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidahbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining milliy hunarmandchilik bo‘yicha kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning faoliyatli, psixomotorik va innovatsion yondashuvlari asosida maqsadga erishish imkoniyatlari aniqlantirilishi asosida ijodiy ta’lim muhitini yaratishning o‘quv-didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
ijodkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish tizimi asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari innovatsion ta’lim texnologiyalari va amaliy faoliyat tamoyillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti “Technology crafts” Web-sayt texnologiyasi, innovatsion ta’lim texnologiyalari (“Hand craft” metodi, “Magic finger Art”, “Klaster” tarmoqlari, “VENN” diagrammasi, “BBBX” va “Rolli o‘yin”) va interaktiv metodlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
pedagogik tajribalar, ijodiy va amaliy topshiriqlarni loyihalash asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarining motivatsion-kognitiv, amaliy-operatsion, refleksiv-ijodiy kabi rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlari milliy hunarmandchilik vositalarni kiritish orqali optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning motivatsion-kognitiv, amaliy-operatsion, refleksiv-ijodiy imkoniyatlari aniqlanib, kreativ ta’lim muhitini yaratishning o‘quv-didaktik ta’minoti (ishlanmalar, texnologiyalar) takomillashtirishga oid takliflar ta’lim tizimida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining DTS larini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori asosida ishlab chiqilgan me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 01/09-599-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalar «Texnologiya» fani mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, texnologiyalari va amaliy yo‘nalganlik tamoyili asosida ijodkorlikka yo‘naltirilgan o‘qitish tizimi takomillashtirilgan. O‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini milliy hunarmandchilik vositasida rivojlantirishning didaktik asoslari (“Technology crafts” Web-sayt texnologiyasi, elektron dasturi), innovatsion ta’lim texnologiyalari (“Hand craft”, “Magic finger Art” metodlari, “Klaster” tarmoqlari, “VENN” diagrammasi, “BBBX” va “Rolli o‘yin” metodlari) asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan PZ-2014-0912150534 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2018 yy.) mavzucidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 01/09-599-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yondashuvlar o‘quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining sifat va samaradorligini ta’minlagan;
majmuaviy pedagogik tajribalar va ijodiy, amaliy topshiriqlarni loyihalash asosida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarining milliy hunarmandchilik vositasida rivojlanganligi darajalarini baholash mezonlari (motivatsion-kognitiv, amaliy-operatsion, refleksiv-ijodiy) optimallashtirishga oid takliflar 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli «Oliy ta’lim sohasidagi salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat va tenglikni ta’minlash» (2016-2019 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan va “Texnologiya” fani o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 01/09-599-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Texnologiya» fanini o‘qitish va o‘quvchilarning milliy hunarmandchilikka oid kreativ qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyasi samaradorligining ortishiga erishilgan.