Turobov Bekpulat Nusratullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “E.E.Bertel`s ijodida Alisher Navoiy falsafiy-tasavvufiy qarashlari tahlili”, 09.00.03 – “Falsafa tarixi” (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal165.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Bozorov Mustafo Jabbarovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Norov Toji Omonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi E.E.Bertel`s ilmiy ijodida Alisher Navoiyning ijtimoy-falsafiy, tasavvufiy g‘oyalari mazmun-mohiyatini ochib berish va ularning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga qaratilgan konseptual g‘oyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
E.E.Bertel`sning Alisher Navoiy ma’naviy merosini o‘rganish sabablari, mutafakkir dunyoqarashi shakllanishidagi moddiy va ma’naviy manbalar, asarlarining asl (original xarakter)ligi, ramziy ma’nosi, badiiy tafakkuriga tasavvufning ta’siri, ijodini sub’ektiv tahlil qilishning asossizligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
E.E.Bertel`s asarlari orqali Alisher Navoiy ijodida sofistik, dogmatik, eklektik tafakkur usullaridan dialektik tafakkur usulining domenat xarakterga egaligi mantiqiy dalillangan;
Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixi, fors-tojik, turkiy tilli xalqlar madaniyati, tasavvuf adabiyoti, simvolika (ramz)sining vujudga kelishi, ularning aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini aniqlashda E.E.Bertel`sning ma’naviy merosi muhim ahamiyatga egaligi isbotlangan;
E.E.Bertel`s tomonidan naqshbandiylik tariqatining Navoiy ma’naviy merosidagi o‘rni, bu tariqatdagi bag‘rikenglik, xalqchillik, an’anaviylik va zamonaviylikning uyg‘unligi, axloqning mohiyati, tamoyillari va ularning hozirgi globallashuv davrida ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi konstruktiv ahamiyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. E.E.Bertel`s ijodida Alisher Navoiy falsafiy-tasavvufiy qarashlarini ilmiy tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
E.E.Bertel`s Alisher Navoiyning ma’naviy merosini o‘rganish sabablari, ilmiy tadqiqotlarida esa mutafakkir dunyoqarashi shakllanishidagi moddiy va ma’naviy manbalar, zamonaviylashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi OT-F1-138 raqamli fundamental loyiha ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekbardagi 89-03-2420-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharqning buyuk mutafakkirlari ma’naviy merosi, nodir qo‘lyozmalarini asrab avaylashga va yosh avlodning komil shaxs sifatida kamol topishida xizmat qilgan;
E.E.Bertel`s asarlarida Alisher Navoiy ijodida borliqning mohiyati, tuzilishi, ob’ektivligi, tabiiy, ijtimoiy, inson borlig‘i, hissiy va aqliy bilish bosqichlari, rivojlanishi kabi falsafiy muammolarning badiiy usuldagi talqini, panteizm va tasavufning falsafiy dunyoqarashiga ta’siriga oid taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” darsligidagi “O‘zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotining milliy g‘oya konsepsiyasi bilan bog‘liqligi” deb nomlanuvchi 2-bobining “O‘rta asrlardagi g‘oyaviy qarashlar tarixi va rivojlanish xususiyatlari” hamda “Ma’rifatparvarlik g‘oyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari”, 18-bobning “Komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan, barkamollik sifatlari, mezonlari”, “Komil insonning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar”, “Barkamol avlodning shakllanishi, unga xos xususiyatlar: yangicha tafakkur, falsafiy dunyoqarash, ma’naviy-axloqiy poklik, yuksak ma’naviyat” kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 89-03-2420-son ma’lumotnomasi). Bu esa aholi, ayniqsa yoshlar ongiga ma’rifatparvarlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, milliy g‘oyalarini singdirishga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixi, fors-tojik, turkiy tilli xalqlar madaniyati, tasavvuf adabiyotining vujudga kelishi, tadrijiy rivojlanishi ob’ektiv shart-sharoitlari, ularning aloqadorligi, o‘zaro ta’siriga doir taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi nomli ensiklopediyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazining 2021 yil 6 yanvardagi 02/05-son ma’lumotnomasi). Bu esa, o‘z navbatida “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi”ni mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan;
E.E.Bertel`s tomonidan naqshbandiylik tariqatining Navoiy ma’naviy merosidagi o‘rni, bu tariqatdagi bag‘rikenglik, xalqchillik, an’anaviylik va zamonaviylikning uyg‘unligi, axloqning mohiyati, tamoyillari va ularning hozirgi globallashuv davrida ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi konstruktiv o‘rniga doir ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalari, taklif-tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2020 yil 10 noyabr` kuni efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” ko‘rsatuvining navbatdagi soni ssenariysini tayyorlashda foydanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 noyabrdagi 09-01/331-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.