Umurzaqova Umida Nosirjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Namangan viloyati er va suv resurslaridan foydalanishni optimallashtirish imkoniyatlari», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Gr52.
Ilmiy rahbar: Kamolov Bahodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSs.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xikmatov Fazliddin, geografiya fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Xabiba Toshevna, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan viloyatida er va suvdan qishloq xo‘jaligida foydalanishning hozirgi holatini atrof-muhit muhofazasi nuqtai nazaridan optimallashtirish imkoniyatlarini baholash va ularning natijalari asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Namangan viloyati qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat mahsulotlarini etishtirish uchun ekin maydonlarini taqsimlashni aholi jon boshiga belgilangan tibbiyot me’yorlari asosida amalga oshirish imkoniyatlari asoslangan;
viloyat dehqonchiligida, egatlab sug‘orish natijasida yuzaga kelayotgan sho‘rlanish jarayoni va grunt suvlari sathining ko‘tarilishi oqibatida, hosildorlikning kamayish darajasi baholangan;
gidrologik ma’lumotlarga asoslangan holda, sug‘orishga olingan suvning 80-95 foizi kollektor-zovur tizimi orqali daryolarga qaytarma oqim sifatida qaytishi aniqlangan;
viloyat hududi, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida sug‘orishga olingan suvning ekin maydonlarida sarflanishi (m3/ga) va kollektor-zovur tarmoqlari orqali daryolarga qaytishi (mln m3) ko‘rsatkichlari asosida, rayonlarga (yuqori, o‘rta, quyi) ajratilgan; 
tuproq hosildorligini tiklash va yanada oshirish imkoniyatlari ekin maydonlarining 40-45 foizini ozuqabop ekinlarga ajratish asosida chorvachilikni rivojlantirishga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Er va suv resurslaridan foydalanishning optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Namangan viloyatining er va suv resurslari, ulardan foydalanish darajasi va taqsimoti asosida, ekin maydonlarini aholi oziq-ovqat ta’minotining tibbiyot me’yorlariga ko‘ra amalga oshirish usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ekin maydonlarini ekin turlari bo‘yicha taqsimlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 maydagi 02/022-2223-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiya viloyat ekin maydonlarini istiqbolli rejalashtirishga aniqlik kiritish imkonini bergan; 
ekologik nuqtai nazardan suv resurslarini tejash va tuproq sho‘rlanishini oldini olish maqsadida egatlab sug‘orish maydonlarida suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini birinchi navbatda tog‘oldi hududlarda (bog‘dorchilikda) joriy etilishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 19 apreldagi 03-02/8-153-son ma’lumotnomasi). Natijada, sho‘rlanish va grunt suvlari sathining ko‘tarilishini oldini olish, er va suv resurlaridan kelajakda samarali foydalanishni tashkil etish rejalariga aniqlik kiritish imkoniyati yaratilgan;
adir va adirorti xududlariga sug‘orish uchun olingan suvning katta qismi er ostiga shimilib, Sirdaryo bo‘yidagi erlarda yuzaga chiqib, ularning 80-95 foizi kollektor-zovurlar orqali qaytgan suv sifatida daryolarga quyilishi bo‘yicha aniqlangan natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 19 apreldagi 03-02/8-153-son ma’lumotnomasi). Natijada, daryo suvlari ifloslanishining oldini olish va fermer xo‘jaliklarida suvdan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
viloyat hududi, uning rel`efi ta’sirida, sug‘orishga olingan suv sarfining miqdori, suv olish xususiyatlari bo‘yicha uchta rayonga ajratilib, ularni ekologik jihatdan o‘ziga xos, optimal sug‘orish usullari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 maydagi 02/022-2223-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangan viloyati hududida suvdan samarali foydalanishni takomillashtirilgan tizimini yaratish imkonini bergan; 
erlarning hosildorligini tiklash va ko‘tarish, ularni mahalliy o‘g‘itlar bilan ta’minlashni kupaytirish maqsadida chorvachilik uchun ozuqa etishtirilishini ko‘paytirish, ekin maydonlarining 40-45 foizini ozuqabop ekinlarga ajratish zarurati bo‘yicha asoslagan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 25 maydagi 02/022-2223-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangan viloyatida ozuqabop ekin maydonlarini 10-15% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish