Fayziev Farrux Abdullaxojaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirishda biriktirilgan soliqlar rolini oshirish masalalari”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1233.
Ilmiy rahbar: Urmonov Jahongir Jaloldinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qumitasi huzuridagi Fiskal institut.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Dilshodjon Alidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot nomi: G.V.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirishda biriktirilgan soliqlar rolini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslar er solig‘i stavkalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar uchun, ularning hududlarda joylashgan joyiga qarab 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni kiritish huquqini berish taklif etilgan;
mol-mulk va er soliqlarini ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga mol-mulk solig‘i, er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish taklif etilgan;
ko‘p kvartirali uylarga bevosita bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ektiga kiritish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy byudjet daromadlari bazasini kengaytirishda biriktirilgan soliqlar rolini oshirish masalalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mahalliy hokimiyat organlariga jismoniy shaxslar er solig‘i stavkalariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan erlar uchun, ularning hududlarda joylashgan joyiga qarab 0,7 dan 3,0 gacha kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisientlarni kiritish huquqini berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son Farmoning birinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 06/04-01-01-37/132-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida erlardan qishloq xo‘jaligidan tashqari maqsadlarda foydalanuvchilar uchun soliq yukini mutanosib taqsimlash maqsadida, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga er solig‘ining mutlaq miqdorda belgilangan bazaviy stavkalariga oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash huquqi berilgan;
mol-mulk va er soliqlarini ko‘chmas mulk ob’ektlarining bozor bahosiga yaqin bo‘lgan kadastr qiymati asosida hisoblash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6121-son Farmoning ettinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 06/04-01-01-37/132-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro tajriba asosida respublikamizda ham bosqichma-bosqich mol-mulk va er soliqlari unifikatsiyalanib, ko‘chmas mulk solig‘i joriy etilishi belgilangan;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk solig‘i, er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va aylanmadan olinadigan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga vakolat berish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksinin 99-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 19 yanvardagi 06/04-01-01-37/132-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot va uning tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va er solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytirilishi natijasida 7,3 mln. fuqaro tomonidan jismoniy shaxslarning mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 trln.so‘m (210,5 mln.dollar) jismoniy shaxslar ixtiyoriga qoldirilgan. Shuningdek, 250 ming nafar tadbirkorlik sub’ektlariga, shundan 83 mingta fermer xo‘jaliklariga 400 mlrd.so‘mlik soliqlarni kechiktirib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan;
ko‘p kvartirali uylarga bevosita bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari jismoniy shaxslarnining mol-mulkiga solinadigan soliq ob’ektiga kiritilishi to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan Soliq kodeksining 419-moddasiga inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 06/04-01-01-37/295-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida mahalliy byudjetga qo‘shimcha 550224,4 mln.so‘m miqdorida mol-mulk solig‘i kelib tushishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish