Beglaev Uchqun Xurramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Baliqchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, 08.00.13-Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt848.
Ilmiy maslahatchi: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya  bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03./30.01.2020.I.10.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yunusov Iskandar Orifovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida baliqchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish va boshqarish mexanizmlarining ilmiy-nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“baliqchilikni barqaror rivojlantirish”, “baliqchilik menejmenti” va “biobaliq mahsuloti” tushunchalarining iqtisodiy mazmuni baliqchilik xo‘jaliklarining tashkiliy asoslari, iqtisodiy holati hamda ularning amalga oshirish vositalari va ob’ektlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
bozor talabiga muvofiq tovar baliq etishtirishda tabiiy va sun’iy ozuqa me’yorini e’tiborga olgan holda baliqlarning kunlik o‘sishini “samarali” (100-90), “o‘rtacha samarali” (89-70), “samarasiz” (69-60) mezonlari asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondoshuv taklif etilgan;
“Namuna baliqchiligi klaster” MChJ, sof zotli baliqlar, ota-ona baliqlar, elita-rekord, elita-klass baliqlar, lechinka hamda omuxta-em ishlab chiqarish va etkazib berishga mo‘ljallangan naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaligi va naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik zavodining istiqboldagi boshqaruv tuzilmasi ishlab chiqilgan;
tarmoq rivojiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda baliq chavoqlarini etishtirish hajmini oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Baliqchilik xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish va boshqaruv mexanizmining nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
baliqchilik sohasiga “baliqchilikni barqaror rivojlantirish”, “baliqchilik menejmenti”, “biobaliq mahsuloti” tushunchalariga iqtisodiy takomillashtirilgan taklifidan baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish boshqaruv tuzilmasini innovatsion rivojlantirishni ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid masalalar 5410600 – Zootexniya (baliqchilik) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Baliqchilik iqtisodiyoti” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-256 ro‘yxat  raqami). Natijada baliqchilik xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini kengroq tushunish orqali uni innovatsion rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishga erishilgan;
bozor talabiga muvofiq tovar baliq etishtirishda tabiiy va sun’iy ozuqa me’yorini e’tiborga olgan holda baliqlarning kunlik o‘sishini “samarali” (100-90), “o‘rtacha samarali” (89-70), “samarasiz” (69-60) mezonlari asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondoshuvi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 maydagi 02/23-731-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jaliklar faoliyatini monitoring qilish, ishlab chiqarish hajmining oshishi va sohaning barqarorlashuvi ta’minlangan;
“Namuna baliqchiligi klaster” MChJ, sof zotli baliqlar, ota-ona baliqlar, elita-rekord, elita-klass baliqlar, lechinka hamda omuxta-em ishlab chiqarish va etkazib berishga mo‘ljallangan naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaligi va naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik zavodining istiqboldagi boshqaruv tuzilmasidan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tizim tashkilotlari  amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 maydagi 02/23-731-son ma’lumotnomasi). Natijada baliqchilik xo‘jaliklarida boshqaruvni to‘g‘ri tashkil etilishi negizida 1 ga suv havzasidan intensiv usulda an’anaviy usulga nisbatan baliq etishtirishdan 619 mln.so‘m sof daromad olinib, rentabellik darajasi 182,7 foizga ko‘payishiga erishilgan;
tarmoq rivojiga va boshqaruv tizimiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, baliqchilik sohasini rivojlantirish va boshqarish salohiyatidan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan istiqboldagi 2025 yilga mo‘ljallangan maqsadli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 maydagi 02/23-731-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika bo‘yicha baliq etishtirish hajmi 2025 yilda 2019 yilga nisbatan 1,3 barobarga ortishi bashorat qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish