G‘afforova Visola Furqatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Febril tutqanoqli bolalarda ruhiy, nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari. Klinika va paraklinik paralellik», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2113.
Ilmiy rahbar: Xodjieva Dilbar Tadjievna, DSc, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori professor; Artiqova Mavluda Abduraxmonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasining Ivanovskiy nomidagi davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: febril tutqanoqli bolalarda nutq buzilishi, ruxiy rivojlanishning kliniko-nevrologik, neyropsixologik va paraklinik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish, hamda profilaktik chora tadbirlarini algoritimini ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor febril tutqanoqning bolalar orasida uchrash darajasi va nutqiy rivojlanishining klinik xususiyatlari aniqlangan;
klinik-nevrologik, neyrofiziologik, neyrovizualizatsion natijalariga asoslanib, febril tutqanoqning uchrash darajasi, tuzilishi, xavf omillari va ularning afebril holatga o‘tishi, hamda febril tutqanog‘i bo‘lgan bolalarda ruhiy-nutqiy rivojlanishining qiyosiy jihatlari asoslangan;
irsiy ko‘rsatkichlar asosida epilepsiya xavfini bashoratlash uchun ko‘pgina logistik regresni aniqlaydigan, bu febril xurujning fokal tabiati, nevrologik statusdagi buzilishlar, bosh miya MRT va EEGdagi o‘zgarishlarni aniqlaydigan diagnostik jadval afzalligi asoslangan;
ilk bor olingan natijalar asosida, bemorlarni olib borish, febril tutqanoqning afebril tutqanoqqa o‘tishining profilaktikasini o‘rganish, hamda antikonvulsiv dori-vositalarining davolashga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash algoritmi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Febril tutqanoqli bolalarda ruhiy, nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari: klinik va paraklinik paralellik bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida amaliyotga tatbiq qilish materiallari ishlab chiqilgan;
febril tutqanog‘i bo‘lgan bolalarda ruhiy- nutqiy buzilishlarni bashoratlash asosida olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda febril tutqanoqlarda ruhiy-nutqiy buzilishlarni bashoratlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 oktyabr 8n-r/931-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida klinik-nevrologik holat va ruhiy-nutqiy rivojlanish darajasini kompleks o‘rganish asosida bolalarning ruhiy-nutqiy buzilishlariga olib keladigan xavf guruhini vaqtida aniqlash imkonini bergan;
febril tutqanog‘i bo‘lgan bolalarni olib borish asosida olingan olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Ruhiy-nutqiy buzilishlarning erta profilaktikasini hisobga olgan holda febril tutqanoqli bolalarni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 oktyabrdan 8n-r/931-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi takroriy febril tutqanoqlarning rivojlanish darajasini kamaytirish va epilepsiya terapiyasining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
febril tutqanog‘i bor bolalarda klinik-nevrologik, neyrofiziologik, neyrovizualizatsion, neyropsixologik tekshiruvlarning korrelyasion tahlili antikonvulsiv dori-vositalarining davolashga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash algoritmi qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Buxoro viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi, Jondor tuman tibbiyot birlashmasi, “Nasriddin Shams Med” klinikasi, hamda Toshkent shahridagi “Bolajonmed” klinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 oktyabr 8n-r/383-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga kiritilishi bolalarda febril tutqanoqlarni tashxislash, afebrilga o‘tish yo‘llarini oldini olish, davolash muddatini va ruhiy-nutqiy buzilishlarni kamaytirish imkonini bergan.