Jafarov Botir Sattarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kodeks kumanikus» – turkiy xalqlar yozma obidasi», 10.00.10−Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil.166.
Ilmiy rahbar: Boqijon To‘xliev, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Qosimjon Poziljonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
“Kodeks kumanikus”ni turkiy xalqlarning mushtarak yozma obidasi sifatida yaxlit holdagi tarixiy-filologik bahosini berish va uning matniy tahlilini amalga oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilining rivojlanishi tarixida “Kodeks kumanikus” tarkibidagi so‘zlarning ilmiy ahamiyati, ularning boshqa turkiy adabiyotlardagi so‘zlar bilan genetik aloqalari, xususan, yodgorlikning qumancha so‘zlaridan 780 dan ortig‘ining hozirgi o‘zbek adabiy tili leksikasi bilan uyg‘unligi aniqlanib, yodgorlikning grafik tizimi yangi ashyoviy dalillar asosida isbotlangan;
yodgorlikdagi mavjud topishmoqlarning jahon turkiyshunosligidagi ba’zi versiya va variantlari hamda qiyosiy-tipologik tahlillari asosida ularning o‘zbek tilidagi ilk ilmiy tabdillari yaratilgan;
turkiyshunoslik tarixida ilk marta quman tili grammatikasiga oid lotin tilidagi ilmiy ma’lumotlar va izohlar ilmiy muomalaga kiritilgan, ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari amalga oshirilgan;
qo‘lyozmaning topilish va o‘rganilish tarixiga aloqador bo‘lgan ayrim chalkashliklarga, uning Italiya kutubxonalariga tushib qolishi bilan bog‘liq tarixiy faktlarga aniqlik kiritilgan;
asarning birinchi qismini yozishda ishtirok etgan, ammo shu paytgacha e’tibordan chetda qolib kelayotgan bir necha xattotlar faoliyati, qo‘lyozmadagi ayrim xato va kamchiliklarning yuzaga kelish sabablari yangi faktlar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Kodeks kumanikus” qo‘lyozmasi tadqiqiga oid asosiy xulosalar, xususan, uning topilishi, fonetik va grafik belgilariga bog‘liq yangi talqinlar, turli tillardagi tarjimalarga oid kuzatishlardan Evropa ittifoqining «Erasmus+» dasturi «Key ection 1» loyihasi doirasida tashkil etilgan «Codex Cumanicus – monument of Turkic people» nomli grantda foydalanilgan (Sonfirmation of implementation: Project title: ERASMUS +/KA1 HIGHER EDUCATION. Project nr. 2015-1-IT02-KA107-014705; duration of project: from 15.09.2016 to 14.12.2016). Natijada loyiha doirasida Evropa fondlarida saqlanayotgan “Kodeks kumanikus” qo‘lyozmalarini aniqlash va ularni har tomonlama tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 292-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Adabiyot muzeyi ekspozisiyalar bo‘limida asarning topilishi va o‘rganilish tarixi, uning o‘zbek fol`kloridagi ahamiyatini yoritib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 10 oktyabrdagi 3/1255-2070-son ma’lumotnomasi). Ekspozisiyaga qo‘yilgan qo‘lyozma asar bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ko‘plab tadqiqotlarga muhim manba va asos bo‘lib xizmat qilgan;
dissertatsiyadagi turkiy xalqlarning yozuv madaniyatini, turkiy adabiyotning tarixini, topishmoq janri xaqidagi qadimiy tasavvurlarni boyituvchi ma’lumotlar va materiallardan Namangan viloyat televideniesining 2017 yil 13 yanvardagi “Guldiyorim, Namangan” dasturida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2017 yil 13 fevraldagi 08-02-96-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozmani har jihatdan nodir va noyob adabiy meroslar qatoriga qo‘shishga imkon bergan.