Xasanova Ozodaxon Qurvonali qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tilini o‘rgatishda mnemotexnikadan foydalanish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped1209.
Ilmiy rahbar: Qahhorova Mavluda Mukarramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Umarxodjaev Muxtorxo‘ja Eshonxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor
O‘rinova Nilufar Muhammadovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi nemis tilini o‘rgatishda mnemotexnikadan foydalanish texnologiyalarini tadqiq etish va mnemotexnik o‘quv materiallarini o‘zbek auditoriyasiga samarali tatbiq qilish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis tilida otlarning artiklini to‘g‘ri qo‘llay olish, ko‘makchilarni kelishiklarda aralashtirib yubormaslik, fe’l zamonlari, noto‘g‘ri fe’llarning uch asosiy shaklini yodda saqlash ko‘nikmalari mnemotexnikaning assotsiatsiya qilish, vizuallashtirish, akronim, akrostik, tana a’zolari harakati yordamida o‘rganish usullaridan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
nemis tilida yangi so‘zlarni o‘rgatish va o‘rganish jarayoni mnemotexnikaning kalit so‘z, vizuallashtirish, hikoya tuzish usullari asosida rivojlantirilgan va «O‘zbekcha-inglizcha-nemischa-ruscha mavzulashtirilgan rasmli lug‘at» yaratilgan;
mnemotexnik kompetentlikni rivojlantiruvchi o‘quv materiallaridan foydalanish, katta hajmdagi ma’lumotlarni kam vaqt va oz kuch sarflab o‘rgatish usullarini tatbiq qilish, talabalarning ma’lumot qabul qilish yo‘llariga qarab o‘quv materiallarini tayyorlash orqali til o‘rganish jarayonining intensivligi, samaradorligi va qiziqarliligi oshishi asoslangan;
talabalarda xotira texnikalari asosida bilish faoliyatini rivojlantirish, dars mashg‘ulotlarida mnemotexnik o‘quv materiallarga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish, talabalarga mnemotexnika mezonlari va turlari haqidagi ma’lumotlarni singdirish, mnemotexnik kompetentlikni shakllantirish asosida samaradorlikka erishish modelining mazmunga doir komponenti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilini o‘rgatishda mnemotexnikadan foydalanish texnologiyasi tadqiqoti nazariy takliflari, amaliy tavsiyalari va xulosalari quyidagilarga tatbiq etilgan:
so‘zlarni va grammatik qoidalarni kalit so‘z, vizuallashtirish, hikoya tuzish, tana a’zolari harakati yordamida o‘rganish usullari orqali o‘rgatishda mnemotexnikadan foydalanishga oid xulosalaridan «Deutsch mit Spaß» nomli 3,4-sinf va «Deutsch» nomli 9-sinf nemis tili darsliklarini tayyorlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 17 iyundagi AI 154-son qarori). Natijada darsliklarning «Mein Haus», «Mein Zimmer», «Meine Verwandten», «Berufe», «Die Wirtschaft» bo‘limlaridagi ma’lumotlarning ta’sirchanligi, qiziqarliligi, rang-barangligi ortgan, grammatik qoidalar tana a’zolari harakati, vizuallashtirish yordamida eslab qolish uchun yo‘naltirilgan, mavzular ilmiy qarashlar asosida dalillangan;
ma’lumotlarni bir-biriga assotsiatsiya qilish, vizuallashtirish, akronim, akrostik, tana a’zolari harakati yordamida o‘rganish, xotiraning o‘rganish jarayonidagi ahamiyati tahlili yuzasidan berilgan takliflardan 2013-2014 yillarda bajarilgan I – 2013 57-raqamli “Ijtimoiy ekologiya muammolari” fundamental loyihasi doirasida tayyorlangan “Ijtimoiy ekologiya muammolari” monografiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati hokimligining 2021 yil 16 sentyabrdagi 06-06/6345-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning samaradorligi va izchilligi ortgan.
chet tillarni o‘rgatish jarayonining intensivligi va qiziqarliligini oshirish sharoitlarini aniqlash va metodik jihatdan takomillashtirishda katta hajmdagi ma’lumotlarni kam vaqt va oz kuch sarflab o‘rgatish usullarini tatbiq qilish, mnemotexnik o‘quv materiallari bazasini shakllantirish yuzasidan «O‘zbekcha-inglizcha-nemischa-ruscha mavzulashtirilgan rasmli lug‘at» yaratilgan (Farg‘ona politexnika instituti Uslubiy kengashining 2019 yil 30 oktyabrdagi 1-son yig‘ilish qarori). Natijada nemis tili, ingliz tili, nofilologik yo‘nalishlar talabalarining so‘z boyligini oshirishga, mnemotexnik kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
mnemotexnik kompetentlikni rivojlantiruvchi o‘quv materiallaridan foydalanish, katta hajmdagi ma’lumotlarni kam vaqt va oz kuch sarflab o‘rgatish usullarini tatbiq qilish, talabalarning ma’lumot qabul qilish yo‘llariga qarab o‘quv materiallarini tayyorlash orqali til o‘rganish jarayonining intensivligi, samaradorligi va qiziqarliligi oshishiga oid xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2019-2021 yillarda «Ochiq muloqot», «Dolzarb mavzu», «Zamondosh», «Qadriyat», «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi», «Kun mavzusi», «Farg‘ona – 24» ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 apreldagi 19-04/03-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirish materiallari mazmunan yangicha qarashlar bilan boyitilgan.