Urazbaev Hikmatullo Ismatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda til portfoliosidan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped1829.
Ilmiy rahbar:  Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdujabbarova Zamira Rustamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida til portfoliosidan foydalanish metodologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til portfoliosi tarkibida berilgan o‘z-o‘zini baholash nazorat ro‘yxatlari (self-assessment checklist) hamda topshiriqlari majmui orqali talabalarning xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida o‘z-o‘zini Umumevropa kompetensiyalari asosida baholab borishning hamda oliy ta’lim muhitida talabalar bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning shaffofligini (Transparent Assessment) ta’minlashning metodik va didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ hamda kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda til portfoliosining refleksiv faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini va chet tillarni mustaqil o‘rganish strategiya va texnikalarini rivojlantirishga qaratilgan uchta asosiy funksiyasini integrallashuvi orqali D. Kolbning tajriba orqali o‘rganish sikliga (Experiential Learning Cycle) asoslangan metodologiya samaradorligi eksperimental isbotlangan;  
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan «Evropa til portfoliosi O‘zbek modeli»ni yaratish orqali til portfolio texnologiyasidan oliy ta’lim muassasalarida chet tillarni o‘qitish jarayonida tadbiq etish hamda filologik hamda nofilologik ta’lim yo‘nalishlari hususiyatlarini inobatga olgan holda til portfoliosi modellarini yaratish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
jahon tajribasida ilk bor foydalanuvchilarning individual hususiyatlari, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning moslashuvchanligi va qulayligini maksimal hisobga oluvchi, lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan til portfoliosining interaktiv mobil ilova versiyasini ishlab chiqish orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining metakognitiv, refleksiv, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy tavsiyalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti «Chet tillari bo‘yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar» asosida hamda filologik OTM ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari, o‘quv rejalari va modullari hususiyatlaridan kelib chiqqan holda «Evropa til portfoliosi O‘zbek modeli» yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 001657-son guvohnomasi). Natijada ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun o‘z lingvistik, kommunikativ va madalaniyatlaro muloqot ko‘nikmalarini Umumevropa kompetensiyalari mezonlari asosida mustaqil baholash hamda baholashning transparentligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida til portfoliosidan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalardan Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazida 3.1 Kommunikativ tilshunoslik va til kompetensiyalari hamda 3.3 Til kompetensiyalarini baholash mexanizmlari modullari o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarini tuzishda foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 21 maydagi 10-06/24-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog kadrlarning malaka oshirish kurslari mashg‘ulotlari mazmunan boyitilgan;  
tajriba orqali o‘rganish sikli asosida til portfoliosini qo‘llashda o‘z-o‘zini baholash, refleksiv faoliyat hamda mustaqil ta’lim olish  ko‘nikmalarini integrativ tarzda rivojlantirish texnologiyasidan Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida MA in Teaching and Learning (O‘qitish va o‘rganish bo‘yicha) va MRes in Social Science Research (Ijtimoiy gumanitar fanlarda ilmiy tadqiqot metodologiyasi) magistratura kurslari tarkibidagi modullar o‘quv dasturi va metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 2021 yil 26 maydagi RO/01-0384-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur modullar mazmuni xalqaro standartlar asosida boyitilgan;  
yaratilgan «Evropa til portfoliosi O‘zbek modeli» mobil ilovasidan Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Londondagi Vestminster universiteti hamkorligida “Transition from School to University – What it Means to be a “University Student” mavzusida amalga oshirilgan loyihada foydalanilgan (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining 2021 yil 26 maydagi RO/01-0384-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muhitida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va chet tillarni o‘rganishda erishgan yutuqlarini hujjatlashtirishning didaktik ta’minoti yaratilgan.            

Yangiliklarga obuna bo‘lish