Sadinova Nigina Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy matnlarda kontrastning lingvopragmatik xususiyatlari” (Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktam asarlari misolida), 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil497.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktam individual uslubiga xos xususiyatlarni aniqlashda ular asarlari tili badiiyatini ta’minlovchi kontrast hosil qiluvchi vositalarni aniqlash va ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktamning she’riy asarlari tilining o‘ziga xosligini ta’minlovchi kontrast hosil qiluvchi vositalar aniqlanib, ijodkorlar she’riy asarlari o‘zbek tilshunosligida ilk bor lingvopragmatika nuqtai nazaridan ochib berilgan;
Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktamning she’riy asarlar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashda kontrastni yuzaga chiqaruvchi vositalarning ahamiyati, ijodkorning ulardan foydalanish mahorati ashyoviy misollar asosida izohlangan, ularning she’riy asar tilidagi o‘rni aniqlangan;
Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktam ijodida kontrastni voqelantiruvchi birliklarning lirik qahramonlar xarakter-xususiyatlari, ichki kechinmalarini ochishdagi roli, badiiy obrazlilikni yuzaga keltirishdagi ahamiyati, kontrast hosil qiluvchi vositalarning funksional-semantik, badiiy-estetik imkoniyatlari ochib berilgan;
kontrastni yuzaga keltiruvchi vositalarining she’riy asarlar tilidagi estetik ta’sirchanligi faqat badiiy tasvir bilan cheklanib qolmay, balki muallif kommunikativ maqsadiga ham xizmat qilishi misollar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matnlarda kontrastning lingvopragmatik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktamning she’riy asarlaridagi to‘y - aza, savol - javob, savob - gunoh,  halol - harom, rost - yolg‘on, er - xotin, uzun - qisqa, vijdonli - vijdonsotar, bahor - kuzak, shodlik - g‘am, behisht - do‘zax kabi leksemalarning kontrast hosil qilgan o‘rinlariga doir ilmiy-nazariy  xulosalardan  FA-F1-G041 raqamli  «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» (2012-2016) mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil
22 apreldagi 3/1255-1168-son ma’lumotnomasi). Natijada leksemalarning  antonim semalar asosida tahlil etilishiga, tegishli lug‘aviy birliklarning  izohlanishiga, shoirlar ijodida qo‘llangan kontrastni hosil qiluvchi zid semalarga oid yangiliklar bilan boyitilgan;
badiiy matnni lingvopoetik jihatdan o‘rganishda, ekspressivlikni ta’minlovchi antiteza, oksyumoron kabi hodisalarning tahlilidan chiqarilgan ilmiy xulosalardan FA-IZ-G009 raqamli «Onomastik birliklarning lingvopoetik tadqiqi» kitobini nashrga tayyorlash va chop etish» (2015-2016) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 22 apreldagi 3/1255-1168-son ma’lumotnomasi). Natijada nashr etilgan «O‘zbek tili poetonimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent: «Turonzamin ziyo», 2016)dagi lug‘at maqolalaridagi tavsiflarning mukammallashishiga, poetonimlarga xos lingvopoetik  va lingvopragmatik xususiyatlarning to‘laqonli yoritilishiga xizmat qilgan;
kontrast hodisasining o‘zbek poetik matnida tutgan o‘ziga xos o‘rnini belgilash,  kontrast hodisasini o‘zbek tilidagi ziddiyat asosiga qurilgan boshqa lingvistik hodisalar silsilasida o‘rganish, kontrast hodisasining o‘zbek va ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda yetakchi omillardan biri ekanligiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan I-204-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» (2014-2015) mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 89-03-1901-con ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi antiteza, oksyumoron kabi vositalarning badiiy matnda, xususan, poetik matnda tutgan o‘rni aniqlangan va kontrast hosil qiluvchi vositalarning leksikografik izohlari yanada boyitilib,  ma’nolar izohi mukammallashgan;
Anvar Obidjon, Usmon Azim, A’zam O‘ktam ijodiy laborotoriyasiga doir qarashlar, ularning ijodida badiiy tasvir vositalari qatori kontrast usulining qo‘llanishida adiblarning ijodiy o‘ziga xosligiga doir ilmiy xulosalardan «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot», «Adabiy jarayon» hamda «O‘zbek she’riyati» eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokanalining 2021 yil 15 oktyabrdagi 0405-16-36-con ma’lumotnomasi). Natijada dastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish