Ergashev Tolibjon Eshqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyat sharoitida yoshlarni innovatsion tafakkurini shakllantirish xususiyatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal348.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyat sharoitida yoshlar innovatsion tafakkurini shakllantirish omillari va xususiyatlarining metodologik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitali bilan bog‘liq “innovatsion faollik”, “innovatsion salohiyat”, “innovatsion resurs” va “innovatsion taraqqiyot” fenomenining yoshlar innovatsion tafakkuri  transformatsiyasi, generatsiyasi va refleksiyasiga regulyativ ta’siri falsafiy jihatdan asoslangan;
bugungi zamonaviy sharoitda yoshlar innovatsion tafakkurini yuksaltirishda milliy xarakterning milliy qiyofa, tarixiy tajriba va ijtimoiy kayfiyat singari deterministik omillarini hisobga olish zarurligi g‘oyaviy vorislik tamoyili kontekstida falsafiy jihatdan asoslangan;
innovatsion tafakkurning nochiziqli, o‘z-o‘zini tashkil etish kabi sinergetik xususiyatlari akmeologik, kumulyativ va reflektivlikka asoslangan yangi paradigmal yondashuvlarning ijtimoiy hayotga tadbiqida klaster strategiyasi, yoshlar seleksiyasini kuchaytirish bilan bog‘liqligi ochib berilgan;  
yoshlarning innovatsion tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekzogen va endogen omillar negizida asosan loqaydlik, passivlik va beqarorlik kabi destruktiv holatlarni namoyon bo‘lishi mantiqiy jihatdan asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborotlashgan jamiyatda yoshlar innovatsion faolligini shakllantirish va rivojlantirish xususiyatlarini tadqiq etish asosida:
inson kapitali bilan bog‘liq “innovatsion faollik”, “innovatsion salohiyat”, “innovatsion resurs” va “innovatsion taraqqiyot” fenomenining yoshlar innovatsion tafakkuri rivojidagi regulyativ ta’siriga oid taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli darslikning VII bobidagi 5-paragrafi 1.1. “Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmuni va uning mohiyati”, 2.3.bandi “Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish-mafkuraviy xurujlarga qarshi kurash omili”, 3.3.bandi “Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 89-03-4999-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish borasidagi ilmiy yondashuvlarni takomillashtirish ta’lim tizimida yoshlar seleksiyasini kuchaytirish va innovatsion faollikni kuchaytirishga xizmat qilgan;
zamonaviy sharoitda yoshlar innovatsion tafakkurini  kreativ, epistemologik va metodologik xususiyatlarini deterministik asosda g‘oyaviy vorislik tamoyili kontekstiga doir taklif va tavsiyalaridan “Texnika va informatsion texnologiyalar falsafasi” darsligi IX bobining 2-paragrafi “Zamonaviy texnikaviy bilimlarni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”, “Informatsion texnologiyalar-texnika falsafasining tadqiqot ob’ekti” nomli XI bobining 1-paragrafi “Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmuni va uning mohiyati”, 6-paragrafi “Internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish-tarixiy zarurat sifatida”, mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 89-03-5000-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya tizimida yoshlarni innovatsion tafakkurini shakllantirish borasida ilmiy yondoshuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
innovatsion tafakkurning nochiziqli, o‘z-o‘zini tashkil etish kabi sinergetik xususiyatlari akmeologik, kumulyativ va reflektivlikka asoslangan yangi paradigmal yondashuvlar, innovatsion tafakkurni ijtimoiy hayotga tadbiqi, yoshlar seleksiyasini kuchaytirish bilan bog‘liq xususiyatlar, fikr-mulohazalari hamda taklif-tavsiyalaridan Jizzax viloyati tojik milliy-madaniy markazining “Demokratik taraqqiyotni aks ettiruvchi turli xildagi to‘plamlar, ijodiy ishlarni chop etish va xalq ommasiga yetkazishda har tomonlama ko‘maklashish” nomli 63-11/41 raqamli amaliy grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda  foydalanilgan (Respublika tojik milliy madaniy markazining 2020 yil 11 noyabrdagi 01-41-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar innovatsion tafakkurini rivojlantirish borasida ilmiy asoslangan g‘oyalar shakllantirishga xizmat qilgan.
yoshlarni innovatsion tafakkuriga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ekzogen va endogen omillar negzida loqaydlik, passivlik va beqarorlik kabi permanent muammolar makon va zamonda namoyon bo‘lish xususiyatlari borasidagi taklif va tavsiyalardan  Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining  2018-2019  yillarda efirga  uzatilgan  “Iqtidor”, “Bunyodkorlik”, “Yoshlar vaqti”, “Taraqqiyot tamoyili” mavzusidagi radioeshittirishlarni  dastur  ssenariysini  tuzishda  foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-12/726-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyalar axborotlashgan jamiyat sharoitida yoshlar innovatsion tafakkurini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish