Sobirova  Ra’noxon Xakimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi mikromaydonining lingvokul`turologik talqini», 10.00.01.-O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1933.
Ilmiy rahbar: Shaxabiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Madraximov Ilxomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasini yaxlit bir mazmuniy maydon sifatida jamlash, “leksemalarning paradigmatik (ichki), sintagmatik (tashqi) va pragmatik (nutqiy-uslubiy) xossalari”ni aniqlash, o‘zbek tili so‘z boyligi tarkibida tutgan o‘rnini belgilash, ularning lingvokul`turologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasining tur-jins, butun-bo‘lak munosabatlari hamda ularning shakl, katta-kichiklik, noziklik kabi milliy-madaniy konnotativ ma’nolari aniqlangan;
o‘zbek tili uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi maqol va matallar tarkibida enantiosemik mazmun kasb etishi, bu ularning etalon sifatidagi universal element ekani bilan bog‘liqligi dalillangan;
o‘zbek tilida frazeologizm, o‘xshatish, maqol va matallarda uy-ro‘zg‘or buyumlarini ifodalovchi leksemalardan keng foydalanilishining sababi  ushbu xalqning uzoq o‘troq turmushi va turg‘unlikka moslashgan ekanida ekani dalillangan;
o‘zbek tili uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasining boshqa tildan o‘zlashgan tarkibida o‘zbek-tojik mahalliy shevalarining o‘zaro kundalik muloqoti natijasida kirib kelgani, arabcha o‘zlashmalar kamligining sababi esa ushbu xalqlarning turmush bevosita yaqin emasligi sababli ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi mikromaydonining lingvokul`turologik talqini mavzusi asosida bajarilgan ishlar asosida:
o‘zbek tili uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasining tur-jins, butun-bo‘lak munosabatlari hamda ularning shakl, katta-kichiklik, noziklik kabi milliy-madaniy konnotativ ma’nolari kabi xulosalari o‘zbek tili ta’limida matn lingvomadaniy tahlillariga tayangan holda o‘quvchilarda nutq madaniyatini rivojlantirish ularni madaniyatlararo muloqotga tayyorlashga doir didaktik materiallarni yaratishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 14 apreldagi 03.03.424-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish o‘quvchilarda nutq madaniyatini rivojlantirish,  xususan o‘quvchilarda leksika bo‘limini o‘qitish orqali uy – ro‘zg‘or buyumlari leksikasi mikromaydonining lingvokul`turologik talqini asosida faol qo‘llaniladigan so‘zlarning o‘qilishi, yozilishi va sinonimlari darajalarining farqlashga doir ko‘nikmalarni rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
o‘zbek tili uy-ro‘zg‘or buyumlari leksikasi maqol va matallar tarkibida enantiosemik mazmun kasb etishi, bu ularning etalon sifatidagi universal element ekani bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA- A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 16 avgustdagi 17.01/180-son ma’lumotnomasi). Natijada loyixa  ilmiy dalillar bilan   boyitildi,  xususan uy – ro‘zg‘or buyumlari leksikasi asosida paydo bulgan maqollar, matallar, iboralar, o‘xshatishlar loyiha materiallarini to‘ldirishga imkon bergan;
uy-ro‘zgor buyumlari leksikasi mikromaydonining lingvokul`turologik talqini tahliliga oid ilmiy natijalaridan 2021 yilda O‘zbekiston Milliy  teleradiokompaniyasi Davlat unitar korxonasi “ O’zbekiston” teleradiokanalining “ Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbat uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang – barangligi ortgan, mazmunan boyitilgan, mukammallashtirilgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish