Kadirova Gulnora Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kreativ yondashuv asosida o‘quvchilarda kimyoviy tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped895.
Ilmiy rahbar: Xodjabaev Anarboy Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogika innovatsiya, kasb-hunar ta’limi boshqaru hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSs.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Salieva Zuxra Taxirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kimyoviy tajribalarni o‘tkazish kompetensiyalarini kreativ yondashuv asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni ijtimoiy-madaniy, sinergetik, fenomenologik va kreativ yondashuvlarni o‘zaro yaxlitlash asosida aniqlangan;
kimyo fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini kreativ o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘quv-bilish, tajribaviy-tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish tizimi va modeli takomillashtirilgan;
kimyo fanini o‘qitishda kreativ yondashuvlardan foydalanish asosida o‘quvchilarda tajriba-sinov o‘tkazish kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion ta’lim, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli didaktik ta’sir vositalari asosida takomillashtirilgan;
kimyo fanini zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish asosida kimyoviy tajribalarni o‘tkazish kompetensiyalarni shakllanganligini baholash mezonlari aniqlangan hamda motivatsion, kognitiv, operatsion ko‘rsatkichlari va darajalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida amaliy mashg‘ulotlar jarayonida kimyoviy tajribalarni amalga oshirish kompetensiyalarini kreativ yondashuv vositasida shakllantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflari asosida:
kimyo fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini kreativ o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirish, milliy va umummadaniy tayanch bilimlarining me’yoriy, tizimli darajalarini innovatsion ta’lim muhitini modellashtirishga oid takliflar A-1-230 raqamli “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi darsligi va “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv-metodik qo‘llanmasini tayyorlash” nomli grantni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 14-sentyabrdagi dagi 02-07-2376/04-son dalolatnomasi) Natijada o‘quvchilarda amaliy tajribalar o‘tkazish kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
kimyo fanini o‘qitishda kreativ yondashuvlardan foydalanish orqali o‘quvchilarda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va o‘tkazish usullariga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar “Kimyo” fanidan davlat ta’lim standartlari mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 14-sentyabdagi dagi 02-07-2376/04-son dalolatnomasi). Natijada kimyo fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kimyoviy kompetenligini shakllanganlik darajasini baholash imkoniyati oshirilgan;
kimyo fanini zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish orqali kimyoviy tajribalarni o‘tkazish kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik mazmunini takomillashtirishga oid takliflar “Kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 434-sonli buyrug‘i asosida berilgan 434-179 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amalda qo‘llay olishini rivojlantirishga erishilgan.