Diyarova Shaxloxon Rovshan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2021.3.PhD/Ped2677.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil` Gennad`evich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yunusova Munavvar Sabirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limni axborotlashtirish sharoitida talabalar huquqiy madaniyatini rivojlantirish modeli o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun motivatsiyani, shuningdek ularni masofaviy ta’limda amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ta’lim muhiti o‘quv jarayonini axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda huquqiy tarbiya yo‘nalishlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
huquqiy madaniyatni rivojlantirishning regulyativ, normativ, ijtimoiy-huquqiy, kommunikativ, prognostik funksiyalari o‘quv materiali tuzilishining modulliligi, rivojlantirish monitoringi samaradorligi, interaktivlik, axborot madaniyatini rivojlantiruvchi dialektik bog‘liqlikka integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning huquqiy madaniyati shaxs dunyoqarashiga ta’sir etadigan ijtimoiy- ma`naviy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi, axborot qidiruv xizmatlaridan individual foydalanishni tashkil etishnig motivatsion komponentlariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda huquqiy savodxonlikni rivojlantirish ma’naviy motivatsiyani oshirish, fuqarolik, noqonuniy xatti-harakatlardan xabardorlik darajasi qonun ustuvorligiga funksional hamda mazmunli yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda huquqiy dunyoqarash, kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonlarda huquqiy savodxonlikni rivojlantirishning tayanch va xususiy sifatlar huquqiy axborot-qidiruv tizimlariga bo‘lgan ehtiyojni tizimlashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-07-2195/04-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talabalarida huquqiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari va psixologik jihatlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
ta’limni axborotlashtirish sharoitida pedagogik kadrlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirish modeli faol fuqarolik, o‘zini-o‘zi rivojlantirish va huquqiy targ‘ibotni kasbiy-pedagogik yo‘nalganlik sifatlari bilan uyg‘unlashtirib tarbiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-07-2195/04-son dalolatnomasi). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish bosqichlarini aniqlangan;
huquqiy madaniyatni rivojlantirishning regulyativ, normativ, ijtimoiy-huquqiy, kommunikativ, prognostik funksiyalari shaxs – oila – mahalla – ta’lim muassasasi – madaniy-ma`rifiy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy munosabatlarda milliy qadriyatlarga sadoqat hissini shakllantirish asosida rivojlantirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-07-2195/04-son dalolatnomasi). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish modelini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning huquqiy madaniyati ijtimoiy-ma`naviy muhitning ob’ektiv va sub’ektiv omillari, shaxs dunyoqarashiga ta’sir etadigan fikr tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasi va jamiyat manfaatlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 7 sentyabrdagi 02-07-2195/04-son dalolatnomasi). Natijada, ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasi talabalarining huquqiy madaniyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.