Qosimova Madina Zaynobidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida  baxtlilik va baxtsizlik  konseptual binar oppozisiyasi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil 123.      
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Toirova Nargiza Isakovna,  filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida baxtlilik va baxtsizlik konseptual tizimi ifodalovchilarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptning tushunchadan farqlanishi dalillanib, o‘zbek xalqi tasavvurida baxt haqida stereotipik tasavvurlar 21 xil, ingliz etnik-stereotipik qarashlarida esa 20 xil ko‘rinishda o‘z ifodasini topishi, bunda o‘zbeklarda ilohiy tushunchalar dastlabki o‘rinlarni egallasa, inglizlarda maishiy yutuqlar yuqori turishi aniqlangan;
ingliz tilida baxtlilik va baxtsizlik konseptlari ko‘proq shaxsiy manfaatlarga asoslanishi, o‘zbek tilida esa ushbu konseptlar jamoaviy kechinmalar bilan aralashishi dalillangan;         
o‘zbek va ingliz  tillarida baxtlilik va baxtsizlik konseptual maydonida obrazli tarkibi antropomorf, zoomorf, fitomorf, arxitektur va gastronomik, shuningdek, predmet va tibbiyot sohasiga oid tegishli birliklar  asosida shakllantirilgan 8 xil freym, 24 xil slotlar aniqlangan;  
o‘zbek va ingliz  tillarida baxtlilik va baxtsizlikning obrazli tarkibi o‘xshash mezonlar asosiga qurilgan bo‘lsa-da, milliy va madaniy, diniy, iqtisodiy, areal va lisoniy asoslarga ega xususiy jihatlari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida  baxtlilik va baxtsizlik  konseptual binar oppozisiyasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilida baxtlilik va baxtsizlik konseptlari ko‘proq shaxsiy manfaatlarga asoslanishi, o‘zbek tilida esa ushbu konseptlar jamoaviy kechinmalar bilan aralashishi kabi xulosalardan o‘zbek tili ta’limida matnning lingvomadaniy taxlillariga tayangan holda o‘quvchilarda nutq madaniyatini rivojlantirish, ularni madaniyatlararo muloqotga tayyorlashga doir didaktik materiallari ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021yil 14 apreldagi 03.03.424-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimida davlat tili, ona tili o‘qitish tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan hamda olingan ilmiy natijalar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek va ingliz tillarida  baxtlilik va baxtsizlik  konseptual binar oppozisiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning asosiy xulosalaridan AQShning Ogayo universiteti professori Jerard Krzis tomonidan o‘zining ma’ruzalarida foydalanilgan (AQSh, Ogayo universitetining 2021 yil 15 yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada ma’ruzalarda xalqaro globallashuv sharoitida lisoniy kognitiv tizimda antikonseptlarning tutgan o‘rni o‘zbek va ingliz tillarida baxtlilik va baxtsizlik konseptual tizimini ifodalovchi til birliklarining lingvomadaniy xususiyatlari, verballashuvini chog‘ishtirish yo‘li bilan ochib berishga erishilgan;
«Baxtlilik va baxtsizlik» konseptual maydonining  o‘zbek va ingliz tillarida badiiy-obrazli  ifoda vositalari tahliliga oid ilmiy natijalardan 2021 yilda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Adabiy jarayon”, “Jaxon adabiyoti”, “Ta’lim va taraqqiyot”, eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanildi va muallif bilan suhbatlar uyushtirilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanal” davlat unitar korxonasinig 2021 yil 24 maydagi 04-25-822-son ma’lumotnomasi). Natijada konseptual maydon  obrazli tarkibining xalq milliy madaniyati, dunyoqarashining shakllanishi bilan  chambarchas bog‘liqligi mazkur millatning mentaliteti, tafakkuri, etik va estetik ongi haqida tasavvur hosil qilishi va uning qadriyatlari, urf-odatlarini avloddan avlodga etkazishi bilan millat tafakkurining ajralmas bo‘lagi ekanligi kabi ilmiy xulosalaridan ushbu eshittirishlarning mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish