Ismailov Turgun Salaxiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Homeland, Motherland, Patrie makrokonseptlariga xos obrazli tasavvur va qadriyatlarning diskursiv taqdim etilishi”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil444.
Ilmiy rahbar: Nosirov Abdurahim Abdumutalibovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatqulov Abdulhapiz Latipovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi amerika, britan va fransuz lingvomadaniy hamjamiyatlarida lisoniy birliklar tarkibida kichik Vatan va katta Vatanga xos obrazli tasavvur va qadriyatlar voqelanishining etnomadaniy xususiyatlarini belgilash va ularning diskursiv taqdim etilishini ta’minlaydigan lingvopragmatik mezonlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homeland, motherland, patrie makrokonseptlari semantik taraqqiyotidagi derivatsiyaning kengayishi Motherland makrokonsepti, torayishi kichik vatan va chuqurlashishi metafora, metonimiya va o‘xshatishning kognitiv mexanizmlari asosida turli xil konseptual belgilarga asoslanishi dalillangan;
kichik Vatan tarkibidagi poytaxt shahar va astionimlarning lisoniy shaxs ongida shakllangan obrazli tasavvurlarning poytaxt shaharlari bilan bog‘liq obrazlarni va astionim nomlariga xos etnosemantik hamda etnomadaniy ma’lumotlarni diskursiv aks ettirishi aksiologik semali assotsiativlarni yuzaga keltiruvchi jarayon ekanligi asoslangan;
Amerika, ingliz va fransuzlarning mental va lisoniy ongida poytaxt va astionimlar Homeland, Motherland, Patrie makrokonseptlarining eng muhim tarkibiy qismining kichik vatan sifatida namoyon bo‘lishi BMT terminologiyasida keltirilgan Amerika, Buyuk Britaniya va Fransiya mamlakatlari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar asosida dalillangan;
katta Vatanga xos milliy qadriyatlarni belgilashning diskursiv mezonlari Homeland, Motherland, Patrie makrokonseptiga xos amerika, britan va fransuz qadriyatlarining diskursiv taqdim etilishini ta’minlaydigan a) adresat bilan birlashish b) baholovchi-tavsiflovchi v) qadriyatga qarama-qarshi qo‘yish g) keskin vaziyatni modellashtirish d) va’da strategiyasi e) talqin qilish kabi lingvopragmatik intensiyalarga asoslanishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Homeland, Motherland, Patrie makrokonseptlariga xos obrazli tasavvur va qadriyatlarning diskursiv taqdim etilishi” mavzusidan chiqarilgan ilmiy natijalar asosida:
Homeland, Motherland, Patrie makrokonseptlariga xos obrazli tasavvur va qadriyatlarning etnomadaniy xususiyatlari, Vatan makrokonseptining mazmun ko‘lami va tarkibi kabi masalalarga oid qarashlar muayyan tartibga tushirilganligi va ta’limot darajasiga ko‘tarilganligiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erazmus+ dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: «Ӯzbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish» nomli loyiӽasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi 89-03-772-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek ta’lim tizimida Vatan tushunchasining tillararo leksik manzarasini o‘rganish, kichik Vatan haqida etnospesifik tasavvurlarning diskursiv taqdim etilishini belgilash, katta Vatan tushunchasini milliy amerika, britan va fransuz qadriyatlari/ antiqadriyatlari vositasida diskursiv tasavvur qilish ӽaqidagi xulosalar oliy o‘quv yurti talabalarida tillararo va madaniyatlararo kompetensiyani shakllantirish va milliy qadriyatlar soӽasidagi bilim-ko‘nikmalarni xalqarolashtirish imkonini bergan;
Homeland, Motherland, Patrie makrokonseptlarining tushunchaviy va obrazli tarkiblari, ushbu makrokonseptlar mazmun tuzilishi taraqqiyotidagi milliy o‘ziga xos derivatsion jarayonlar, kichik Vatan tarkibiga kiruvchi poytaxt shaharlar va astionimlar to‘g‘risidagi etnospesifik tasavvurlarni tizimlashtirish bilan bog‘liq usullardan 2014-2015 yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 9-fevraldagi 89-03-772-son ma’lumotnomasi). Natijalar kichik Vatan va katta Vatan tushunchalari haqida amerika, britan va fransuz madanyatida shakllangan obrazli va qadriyatli tasavvurlarni tahlil qilish, ularning diskursiv taqdim etilish usullarini o‘rganish o‘zbek oliy ta’lim tizimida chet tilni mutaxassislik predmeti sifatida o‘qitish jarayonida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish imkonini bergan;
Katta Vatanga xos qadriyatlar tizimini milliy, madaniy, siyosiy va ijtimoiy belgilariga qarab talqin etish, Vatan makrokonsepti mazmun tuzilishi taraqqiyotidagi milliy siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni farqlashga doir materiallardan Evropa Ittifoqining Erazmus+ dasturi 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational Linguistics at Central Asian universities” grant loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 9-fevraldagi 89-03-772-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy maktablarda kichik Vatanga xos obrazli tasavvurlar va katta Vatanga xos milliy qadriyatlarning nutqiy voqelanishidagi o‘ziga xos etnomadaniy farqlarni o‘rganish, Homelandga xos amerika qadriyatlari, Motherlandga xos britan qadriyatlari va Patriega xos fransuz qadriyatlarini farqlash va ushbu qadriyatlarni voqelantiruvchi etnosemantik va diskursiv-pragmatik omillarni tizimlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vatan makrokonseptining semantik ko‘lami va diskursiv taqdim etilish bilan bog‘liq assotsiativ eksperimentlar, so‘rovnomalar o‘tkazish imkonini bergan.