Chorieva Durdona Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik diagnostikaga tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1891.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc. 03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Farsaxanova Dilafruz Rizaxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarini pedagogik diagnostikaga tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kasbiy pedagogik diagnostikaga tayyorgarligining pedagogik tuzilmasi Selen doskasi, Kern metodikasi, Kos kubi, Link kubi metodikasiga ta’lim jarayoni sub’ektlari faoliyatini hamda kasbiy faoliyatga aloqador motivatsion, axborotli, tezkor va baholovchi parametrlarni prognozlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarning shaxsiy diagnostik qobiliyatlari hamda pedagogik layoqatlari funksional, tizimli qarorlar qabul qilish malakasini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik ta’sirlar dinamikasini hissiy holat va shaxsiy xususiyatlarning differensial diagnostik rivojlanishini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning pedagogik diagnostikaga tayyorgarlik imkoniyatlari kasbiy ko‘nikmalarni o‘sish istiqbollariga amaliy-jarayonli, analitik-korreksion integratsiyalash  hamda o‘zini o‘zi refleksiv baholashga individual yondashuv asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni pedagogik diagnostikaga tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan model` kasbiy kompetentlik darajalarini “O‘yin o‘ynab o‘rganamiz” texnologiyasi hamda korreksiyalash shakllarini shaxsiy va kasbiy omillarga edukologik integratsion ta’sir ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’limni pedagogik diagnostika asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarni pedagogik diagnostikaga tayyorgarligini takomillashtirishning potensial imkoniyatlarini oshirish, shaxs pedagogik diagnostikasi ta’lim shakllarini takomillashtirishga oid takliflar asosida “Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  30 iyundagi 359-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 359-140-son guvohnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning diagnostika va korreksiyalash shakllarini samarali o‘zlashtirishi uchun sharoit yaratilgan;
talabalarni pedagogik diagnostik-yashirin, differensial, fenomenologik faoliyati bilan bog‘liq bilish jarayonini rivojlantirishni motivatsion-qadriyatli, kognitiv-integrativ, amaliy faoliyatli, kreativ-korreksion va refleksiv baholash komponentlariga oid takliflar asosida “Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 676-148-son guvohnomasi). Natijada, talabalarning pedagogik diagnostika olib borish tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
talabalarning shaxsiy qobiliyatlar, layoqatlar, imkoniyatlar, qiziqishlar, rivojlanish dinamikasi xotira piktogrammasini rasmli assotsiatsiyalar asosida baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlarga oid takliflar asosida “Maktabgacha ta’limda pedagogik diagnostika” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i bilan berilgan 676-148-son guvohnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy faoliyatini pedagogik diagnostika qilish jarayonini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish