Babaev Yashin Amanovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta tolali g‘o‘zaning tezpishar, yuqori mahsuldor va vilt kasalligiga bardoshli intensiv navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Qx 15.
Ilmiy maslahatchi: Ravshanov A’zam Erkinovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02 (bir martalik ilmiy kengash).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning “S-8292” navi (№ NAP 00143), S-8294 navi (№ NAP 00216) va S-8296 navi (№NAP 00245). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulkagentligining 2021yil 9 apreldagi 01-11/951; 2021 yil 5 martdagi 01-11/490 va 01-11/493-son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘za seleksiyasida tizma va navlararo turli chatishtirish usullarini qo‘llash orqali o‘rta tolalig‘o‘zaning tezpishar, yuqori mahsuldor, asosiy hosilini sentyabr` oyi muddatida beradigan, vilt zamburug‘ining turli patogenlariga bardoshli hamda yuqori tola sifatiga ega navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba G.hirsutum L. turining tizmalararo va navlararo turli duragaylash usullarida olingan duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishini aniqlash vatezpisharlik bilano‘simlik balandligi, hosildorlik, tola sifati hamda boshqa belgilarning o‘zaro salbiy korrelyasion bog‘liqligini bartaraf etish orqali yangi kam bargli seleksion navlar va tizmalar yaratilgan;
o‘rta tolali S-8294, S-8292 va S-8296 g‘o‘za navlarida tezpisharlik, yuqori mahsuldorlik, determinant xususiyatga egaligi vavilt kasalligiga bardoshlilik xususiyatlari mavjudligi aniqlangan;
yangi yaratilgan navlar Respublikamizning Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining tuproq-iqlim sharoitlarida etishtirishga mosligi, ulardan rayonlashgan navlarga nisbatan erta va sifatli hosilolinishi, eng asosiysi hosilni 85-90%ni sentyabr oyida terib olish imkoniyatini berishi, boshqa navlarga nisbatan hosildorligi 5-10 s/ga yuqori ekanligi, tola sifati to‘qimachilik sanoati talablariga to‘liq javob berishi bilan boshqa navlardan ustunligi tasdiqlangan;
G.hirsutum L. turiga mansub tezpishar, kam bargli, yuqori mahsuldor va vilt kasalligiga bardoshli S-8292, S-8294 va S-8296 navlari yaratilib, Intellektual mulk agentligi tomonidan patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L.turiga mansub g‘o‘za navlari seleksiyasida geografik uzoq bo‘lgan nav va tizmalarni turliusullarda duragaylashning samaradorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tadqiqot ishlarida olib borilgan izlanishlari natijasida tezpishar, intensiv (hosil to‘plash va ko‘saklarini ochilishi sur’ati yuqori), yuqori mahsuldor, vilt kasalligiga bardoshli va yuqori tola sifatiga ega o‘rta tolali g‘o‘zaning S-8292, S-8294 va S-8296 navlari yaratilgan. Ushbu navlarga Intelektual mulk agentligidan seleksiya yutug‘i uchun (S-8292 naviga 02.02.2017 yilda №NAP 00143, S-8294 naviga 7.12.2018 yilda № NAP 00216 va S-8296 naviga 26.12.2019 yilda №NAP 00245) patentlar olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 02/020-4272-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning intensiv, tezpishar, yuqori mahsuldor va vilt kasalliga bardoshli S-8292 navi Qashqadaryo viloyatida, S-8294 navi Xorazm viloyatida hamda S-8296 navi Namangan viloyatida keng maydonlarda ekilib navdorligi yuqori bo‘lgan birlamchi elita va boshqa avlod urug‘lari ko‘paytirilgan;
g‘o‘zaning S-8292 navi institutning Qashqadaryo ITSda joriy yilda 121 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 02/020-4272-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tatezpishar, kam bargli, determinant xususiyatga ega, hosildor, vilt kasalligiga bardoshli S-8292 navi ekilgan maydonlarda 35,5 s/ga hosil olinib, rentabellik darajasi 35,3% ni tashkil etgan;
g‘o‘zaning S-8294 navi 2020 yildan boshlab Xorazm viloyati bo‘yicha Davlat Reestriga kiritilgan va Bog‘ot, Gurlan, Qo‘shko‘pir, Xiva, Shovot va Yangibozor tumanlari bo‘yicha jami 6437,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 02/020-4272-son ma’lumotnomasi). Natijada ekilib o‘rtacha 35,1 s/ga hosil olinib, tezpishar, yuqorihosildor, V.dahliae patogeniga bardoshli ushbu g‘o‘za navi Xorazm viloyati Gurlan, Shovot, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida boshqa rayonlashgan navlarga nisbatan 4-5 s/ga yuqori hosil olinib, 2020 yildan boshlab esa Xorazm viloyati bo‘yicha rayonlashtirilib Davlat Reestriga kiritilgan;
g‘o‘zaning S-8296 navi esa Namangan viloyati “Uchqo‘rg‘on tekstil” MChJ KK g‘o‘za maydonlarida ekilib ishlab chiqarish sinovidan muvoffaqiyatli o‘tgan va 150 gektardan ortiq maydonga ekilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 19 oktyabrdagi 02/020-4272-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 sentyabr` holatiga ko‘saklarini 90-95% to‘liq ochilib 1 terimda 41,0 sentner hosil olinganligi va tola sifatining yuqoriligi bilan fermer xo‘jaliklari tomonidan ijobiy baholangan, ushbu navning rentabellik darajasi 62,1% ni tashkil etgan.