Babaev Djaxongir Ismailbekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iste’molchiga etkazilgan zararni qoplashni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu140.
Ilmiy maslahatchi6 Okyulov Omanboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilyalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Topildiev Voxidjon Rahimjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Matkurbanov Rashid Joldasbaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iste’molchiga etkazilgan zarar tushunchasi, uni miqdorini aniqlash va qoplash asoslari hamda tartibini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashga oid ilmiy-amaliy g‘oyalar hamda qonunchilikni takomillashtirisha oid tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning sog‘lig‘iga bo‘lgan huquqini ta’minlash maqsadida energetik ichimlik – bu inson organizmi tonusini ijobiy tomongan o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan muayyan o‘lchamdagi moddalar balansiga ega bo‘lgan ichimlik bo‘lishi lozimligi asoslangan;
energetik ichimliklarni xarid qilish sohasida iste’molchilarning toifalariga nisbatan yosh senzi o‘rnatilishi lozimligidan kelib chiqib, energetik ichimliklar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinmasligi asoslantirilgan;
iste’molchilarga energetik ichimlikni reklama qilishda mazkur ichimlikning zarari to‘g‘risida ogohlantirish va bu ichimlik tavsiya etilmaydigan fuqarolar haqidagi, shuningdek energetik ichimlikka oid yolg‘on hamda iste’molchilarni jismoniy yutuqlarini oshirishga yordam berishiga oid ma’lumotlarni ifodalashga yo‘l qo‘yilmasligi asoslangan;
iste’molchilarning xavfsiz oziq-ovqatga bo‘lgan huquqini ta’minlash maqsadida jismoniy shaxslar, notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining oziq-ovqatning sifati va xavfsizligiga oid qoidalar, talablar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga egaligi asoslantirilgan;
iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish nazorat-kassa va onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar orqali amalga oshirilishi, savdo ob’ekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shartligi asoslab berilgan;
shaxsning tovar bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari qonunchilikni buzish sifatida e’tirof etilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iste’molchiga etkazilgan zararni qoplashni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning sog‘lig‘iga bo‘lgan huquqini ta’minlash maqsadida energetik ichimlik – bu inson organizmi tonusini ijobiy tomongan o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan muayyan o‘lchamdagi moddalar balansiga ega bo‘lgan ichimlik hisoblanishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ-514-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 06/1-05/67-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif iste’molchilarning turli xildagi quvvatlantiruvchi ichimliklarning xavsizligi va sifatiga bo‘lgan huquqlarni ta’minlash bilan birga, energetik ichimliklarga nisbatan aniq talablarni belgilash yo‘li bilan iste’molchilarga etkazilgan zarar miqdorini aniqlashga xizmat qilgan;
energetik ichimliklarni xarid qilish sohasida iste’molchilarning toifalariga nisbatan yosh senzi o‘rnatilishi lozimligidan kelib chiqib, energetik ichimliklar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinmasligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ-514-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 06/1-05/67-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif o‘n sakkkiz yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslarga energetik ichimliklarini realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmasligini belgilash orqali, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qo‘shimcha kafolatlarni belgilash hamda shu sohadagi ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga nisbatan iste’molchilar huquqlariga rioya etish bo‘yicha qo‘shimcha mas’uliyatni yuklashga imkon yaratgan;
iste’molchilarga energetik ichimlikni reklama qilishda mazkur ichimlikning zarari to‘g‘risida ogohlantirish va bu ichimlik tavsiya etilmaydigan fuqarolar haqidagi, shuningdek energetik ichimlikka oid yolg‘on hamda iste’molchilarni jismoniy yutuqlarini oshirishga yordam berishiga oid ma’lumotlarni ifodalashga yo‘l qo‘yilmasligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ-514-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud–huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 06/1-05/67-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif energetik ichimliklarni reklama qilish shartlari va tartibini belgilash hamda reklama jarayonida qanday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha qat’iy talablarni ifodalashga xizmat qilgan;
iste’molchilarning xavfsiz oziq-ovqatga bo‘lgan huquqini ta’minlash maqsadida jismoniy shaxslar, notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining oziq-ovqatning sifati va xavfsizligiga oid qoidalar, talablar ustidan jamoatchilik nazaoratini amalga oshirish huquqiga egaligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 yanvardagi O‘RQ-514-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 27 yanvardagi 06/1-05/67-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ist’molchilarning sifatli va xavsiz oziq ovqatga bo‘lgan huquqini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmini yaratishga xizmat qilgan;
iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish nazorat-kassa va onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassalar orqali amalga oshirilishi, savdo ob’ekti rahbari sotuvchi-xodimni nazorat-kassa mashinalarida (virtual kassada) ishlash qoidalari bilan tanishtirishi shartligi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi 943-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 5 martdagi 159/02-11-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tovar sotib olishda iste’molchilar bilan hisob-kitob qilish tizimini aniqlash va tartibga solish orqali iste’molchilarning huquqlarini ta’minlashga imkon bergan;
shaxsning tovar bozorlarida raqobatni cheklashga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga yuridik baho berishga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016 yil 27 dekabrdagi 29-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2021 yil 15 noyabrdagi 11-76-21-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif iste’molchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga olib keladigan noqonuniy holatlarni bartaraf etishning huquqiy asoslarini kuchaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish