Otajanov Umid Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi hududlarining investision salohiyatini ekonometrik baholashning intellektual faoliyatini takomillashtirish», 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika”, 08.00.14 – “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Iqt229.
Ilmiy maslahatchi: Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSs.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Do‘schanov Tangribergan Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataniyazov Boltaboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Salimov Baxtiyor Tojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududlarining investision salohiyatini ekonometrik baholash va intellektual qaror qabul qilish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud tengsizligiga barham berish va ularning rivojlanishi bo‘yicha yaxlit tahlil metodologiyasi tavsiya etilgan va hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yalpi hududiy mahsulotga ta’sir etuvchi muhim ko‘rsatkichlarini umumlashgan baho modeli yordamida intelektual aniqlash dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini interval usulda intelektual tahlil qilish va hududlarga taqsimlashning neyron tarmoq modeli ishlab chiqilgan hamda dasturiy ta’minoti yaratilgan;
hududlarga investisiyalar taqsimlanishida tavakkalchilikni aniqlashning takomillashtirilgan neyron tarmoq modeli tavsiya etilgan;
investisiyalarning taqsimlanishini prognozlash masalasida noaniq sun’iy neyron to‘r modelidan foydalangan holda aniqlangan 2020-2025 yillar istiqboldagi hajmini prognoz qilish hamda hududlararo to‘g‘ri taqsimlanishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston iqtisodiyotida investisiyalarni hududlararo taqsimlashning ekonometrik modellashtirish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning takomillashtirilgan reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha bergan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tegishli hududiy boshqarmalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/12-01-6/20-1084-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etilishi hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini 1,3 foizga oshishiga hamda har bir hududda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya kirish hajmining o‘rtacha 0,7 foizga oshirishga erishilgan;
hudud tengsizligiga barham berish va ularning rivojlanishi bo‘yicha yaxlit tahlil qilish metodologiyasi asosida berilgan taklifi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tegishli hududiy boshqarmalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/12-01-6/20-1084-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning natijasida hududlarning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi 3 guruhga ajratilib, guruhlarning kelgusi istiqboli bo‘yicha alohida-alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatini bergan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yalpi hududiy mahsulotga ta’sir etuvchi muhim ko‘rsatkichlarini umumlashgan baho yordamida intelektual aniqlash dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 17 iyundagi 01/1-04-18/2-136-son ma’lumotnomasi). Ushbu dastur yordamida hududiy statistik ko‘rsatkichlar asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va investision jozibadorligi baholangan;
O‘zbekiston Respublikasi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini interval usulda intelektual tahlil qilish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 17 iyundagi 01/1-04-18/2-136-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga tadbiqi natijasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yalpi hududiy mahsulotga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni umumlashgan ko‘rinishda statistik baholash imkonini bergan;
investisiya taqsimlanishida tavakkalchilikni aniqlashning takomillashtirilgan neyron to‘r modeli asosida viloyat tumanlariga taqsimlangan investisiyalar samaradorligini oshirishda yuzaga keladigan tavakkalchilik darajalarining aniqlangan natijalari bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/12-01-6/20-1084-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida investisiyalardan samarali foydalanish hisobiga 2018 yilda hududiy ijtimoiy-iqtisodiy nomutonosibligini kamaytirish maqsadida hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan viloyati, Xorazm viloyati) o‘rtacha 2177 ta yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini barpo etildi hamda aholi bandligi o‘rtacha 4,3 foizga ta’minlanib, aholi jon boshiga real daromadini 23 foizga oshirish imkonini bergan;
investisiyalarning taqsimlanishini prognozlash masalasida noaniq sun’iy neyron to‘r modelidan foydalangan holda aniqlangan 2020-2025 yillar uchun prognoz natijalari bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/12-01-6/20-1084-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalari bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.